» » Namanganda ishsiz fuqaroning Damas mashinasi olib qochildi

Namanganda ishsiz fuqaroning Damas mashinasi olib qochildi


Namangan viloyati Yangiqo‘rg‘on tumani birlashgan qishloq fuqarolar yig‘ini hududida joylashgan “Paynet” shoxobchasi oldida noma’lum shaxs eshiklari ochiq holda qarovsiz qoldirilgan Damas rusumli avtomashinani haydab qochdi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining matbuot xizmati xabar bermoqda.

Avtomashina shu qishloq fuqarolar yig‘inida yashovchi, ishlamaydigan, 1982-yilda tug‘ilgan fuqaroga tegishli ekanligi aniqlandi.

Ichki ishlar xodimlari tomonidan olib borilgan tezkor surishtiruv harakatlari natijasida ushbu jinoyatni shu yerda yashovchi ishlamaydigan, 1982-yilda tug‘ilgan shaxs sodir etganligi aniqlanib, u mast holda mashinani boshqarib ketayotganda qo‘lga olindi.

Mazkur holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Опубликовано: admin (21-02-2017, 19:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 25) ( 0) ( 22) ( 3)
Юзеры:
- отсутствуют
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют