» » Messi — YChLning ketma-ket 14 mavsumida gol urgan ikkinchi futbolchi, birinchisi esa Ronaldu emas

Messi — YChLning ketma-ket 14 mavsumida gol urgan ikkinchi futbolchi, birinchisi esa Ronaldu emas


“Barselona” hujumchisi Lionel Messi Yevropa Chempionlar Ligasi 1-turi doirasida PSVga qarshi o‘yinda xet-trikka erishdi.

Messi Chempionlar Ligasining 14 yoki undan ortiq mavsumida gol urgan 3 raqamli futbolchisiga aylandi. Leodan oldin Rayan Giggz YChLning 16 mavsumida gol urgan bo‘lsa, Raul Gonsales esa nufuzli musobaqaning 15 mavsumida gol urishga erishgan.

Shuningdek, Messi YChLning ketma-ket 14 mavsumida gol ura olgan ikkinchi futbolchi sifatida tarixga kirdi. Messidan oldin bunday natijaga Raul erishgandi.

Bundan tashqari, “Barselona” Chempionlar Ligasida 2 marotaba mavsumning birinchi golini urgan 4-jamoaga aylandi. Undan oldin mavsumning ilk golini 2-martadan darvozaga yo‘llash baxtiga “Ayaks”, PSJ hamda PSJ jamoalari erishgandi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (19-09-2018, 01:56)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 32) ( 1) ( 31) ( 0)
Юзеры:
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей...