» » Buyuk Britaniyaning Toshkentdagi elchixonasi Buyuk Britaniya va O‘zbekiston aloqalarining 25 yilligini nishonlamoqda

Buyuk Britaniyaning Toshkentdagi elchixonasi Buyuk Britaniya va O‘zbekiston aloqalarining 25 yilligini nishonlamoqda


17-fevral kuni Buyuk Britaniyaning O‘zbekistondagi Elchisi janob Kris Allan Buyuk Britaniya va O‘zbekiston diplomatik aloqalarining 25 yilligiga bag’ishlangan matbuot anjumanini o‘tkazdi. Bu haqda Buyuk Britaniyaning Toshkentdagi elchixonasi xabar berdi.

Elchi janoblari O‘zbekistonlik va xorijiy jurnalistlarga Buyuk Britaniya va O‘zbekiston diplomatik aloqalarining 25 yili ichida, va ayniqsa 2016-yilda qanday muvaffaqqiyatlarga erishgani to‘g‘risida so‘zladi. Elchi janoblari ikki tomonlama munosabatlarning bugungi holati va ertangi istiqbollari haqida so‘z yuritdi.

2017-yil 18-fevral kuni Buyuk Britaniya va Shimoliy Irlandiya Birlashgan Qirolligi va O‘zbekiston Respublikasi o‘rtasida diplomatik aloqalarning o‘rnatilishiga 25 yil to‘ldi.

“Albatta, davlatlarimiz o‘rtasidagi munosabatlar bundan-da uzoqroq tarixga borib taqaladi. Qirol Genrix IV va Amir Temur o‘rtasidagi bundan deyarli 600 yil avvalgi davrga oid yozishmalar saqlanib qolgan. Lekin faqatgina O‘zbekiston Mustaqillikka erishgandan so‘nggina bu aloqalarimiz doimiy tus oldi”, — deyiladi xabarda.

Bugungi kunda ikki tomonlama aloqalar siyosiy, tijoriy, xavfsizlik, ta’lim va madaniyat kabi ko‘plab sohalarni o‘z ichiga qamrab olgan.

Опубликовано: admin (22-02-2017, 10:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 65) ( 0) ( 64) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют