» » Tailanddagi mehmonxonaning 9-qavatidan qulagan germaniyalik sayyoh tirik qoldi

Tailanddagi mehmonxonaning 9-qavatidan qulagan germaniyalik sayyoh tirik qoldi


Germaniyaning sayyoh Bernxard Shartl Pxuket (Tailand) orolidagi mehmonxonaning 9-qavatidan yiqilib, tirik qoldi. Bu haqda Phuket Gazette xabar bermoqda.

Xabarda qayd etilishicha, erkak pastda joylashgan kafening tomini yorib o‘tgan. Qulash oqibatida sayyoh qo‘lini sindirdi va boshqa turli jarohatlar oldi.

Politsiyaning ma’lum qilishicha, 53 yoshli germaniyalik 12-fevral kuni mehmonxonaga joylashgan va deyarli har kuni spirtli ichimliklar iste’mol qilgan.

Xona ko‘zdan kechirilganda, huquq-tartibot xodimlari Bernxard Shartl opasiga yozgan xatini aniqladi. Unda erkak keltirilgan noqulayliklar uchun uzr so‘ragan.

Ayni vaqtda germaniyalik sayyoh shifoxonada bo‘lib turibdi. Uning holati barqaror deya baholanmoqda.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (22-02-2017, 15:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 75) ( 0) ( 73) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют