» » Olmaliqda “Milliy texnologik tadqiqotlar universiteti “MISiS” filiali o‘z faoliyatini boshladi

Olmaliqda “Milliy texnologik tadqiqotlar universiteti “MISiS” filiali o‘z faoliyatini boshladi


Olmaliq shahrida Rossiyaning “Milliy texnologik tadqiqotlar universiteti “MISiS” filiali o‘z faoliyatini boshladi. Mazkur ta’lim dargohida respublikaning ishlab chiqarish-sanoat tarmog‘i uchun yuqori malakali muhandis-texnik kadrlar tayyorlanadi. Bu haqda O‘zA xabar bermoqda.

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi axborot xizmatining ma’lumotiga ko‘ra, 2018—2019-o‘quv yilining kunduzgi bo‘limi uchun “Tog‘ ishi”, “Metallurgiya”, “Ishlab chiqarish va texnologik jarayonlarni avtomatlashtirish hamda boshqarish” yo‘nalishlarida 150 nafar talaba qabul qilingan.

Ushbu oliy ta’lim dargohida ta’lim berish jarayoniga mahalliy mutaxassislar bilan birgalikda Rossiyadagi va xorijdagi yetakchi oliy o‘quv yurtlarida pedagogik tajribaga ega bo‘lgan rossiyalik o‘qituvchilar ham jalb etilgan.

Filial bitiruvchilariga O‘zbekiston va Rossiyada oliy ta’lim to‘g‘risidagi hujjat sifatida tan olinadigan “MISiS” MTTUning belgilangan namunadagi diplomi beriladi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (25-09-2018, 16:57)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 97) ( 0) ( 96) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют