» » Bekobod va Parkent hokimi lavozimidan ozod etildi

Bekobod va Parkent hokimi lavozimidan ozod etildi


25-sentabr kuni Toshkent viloyatida birdaniga ikki tuman – Bekobod va Parkent hokimi lavozimidan ozod etildi. Bu haqda “Turon24” xabar berdi.

Bekobod tumani hokimi Otabek Ubaydullayevich Isroilovning ishdan olinishi paxta yig‘im-terimiga sustkashlik bilan yondashgani, ayrim hollarda qo‘shib yozish holatlarining mavjudligi kabi sabablar bilan bog‘lanmoqda. Viloyat hokimi G‘ulom Ibragimov kecha bo‘lib o‘tgan yig‘ilishda ushbu tuman hokimi faoliyatini tanqid qilgan.

Qibray tumani hokimi Ne’mat Isroilovich Muhammedov Parkent tumani hokimi lavozimiga tayinlandi. Avvalroq u tanqid bilan ishdan olingan edi.

Parkent tumani hokimi vazifasidan bo‘shatilgan Ne’matjon Ozodovich Abdullayev esa Bekobod tumani hokimi lavozimiga tayinlandi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (26-09-2018, 10:42)
+1 (голосов: 1)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 32) ( 0) ( 31) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют