» » Foto: Farg‘onada “Bolalar kitobi” an’anaviy festivali va kitoblar ko‘rgazmasi o‘tkazildi

Foto: Farg‘onada “Bolalar kitobi” an’anaviy festivali va kitoblar ko‘rgazmasi o‘tkazildi


25—26-sentabr kunlari Ahmad Farg‘oniy nomidagi Farg‘ona viloyat axborot-kutubxona markazida “Sog‘lom va ma’naviy yetuk avlod – yurt kelajagi!” shiori ostida “Bolalar kitobi” an’anaviy festivali va kitoblar ko‘rgazmasi o‘tkazildi. Unda 1000 nafardan ziyod yosh kitobxonlar ishtirok etdi. Bu haqda “Daryo” muxbiri Azizjon Ermatov xabar berdi.

Festival Farg‘ona viloyati hokimligi, Matbuot va axborot boshqarmasi, Yozuvchilar uyushmasi, Yoshlar ittifoqi, Xalq ta’limi va O‘rta maxsus kasb-hunar ta’limi boshqarmalari hamkorligida tashkil etildi.

Festivalda viloyatdagi axborot-kutubxona markazlari, kutubxonalar, bosmaxonalar va bolalar nashriyotlari faoliyati kichik kitobsevarlarga ko‘rgazmali chiqishlar orqali tanishtirildi.

Taniqli shoir va yozuvchilar bilan adabiy uchrashuvlar, yangi nashr etilgan badiiy va ma’naviy-ma’rifiy kitoblar taqdimoti, viktorina va tanlovlar o‘tkazildi. “Barkamol avlod” markazlari o‘quvchilarining ertaklar asosida chizgan rasmlari ko‘rgazmasi, “Men sevgan kitob” mavzusida ijtimoiy so‘rovnoma va chegirmali kitob savdosi tashkil etildi.

– Ayni paytda viloyatda 1 200 ga yaqin kutubxona va axborot-resurs markazi, 40 dan ortiq kitob do‘koni kitobxonlarga sifatli xizmat ko‘rsatmoqda. Axborot-kutubxona muassasalarining kitob fondi 6273 ming nusxani tashkil etib, shundan 158 mingtasi elektron resurslardir, – deydi viloyat Matbuot va axborot boshqarmasi boshlig‘i Umidjon Jabborov.

Festival yakunida viloyat axborot-resurs markazi hamda xalq ta’limi boshqarmasi mutaxassislari tomonidan “Men o‘qigan eng yaxshi kitob” blits-insho tanlovi o‘tkazilib, g‘oliblar taqdirlandi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (27-09-2018, 09:42)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 81) ( 0) ( 79) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют