» » Oliy Majlis Senatining XVI yalpi majlisida 21 ta masala ko‘rib chiqiladi

Oliy Majlis Senatining XVI yalpi majlisida 21 ta masala ko‘rib chiqiladi


Bugun, 27-sentabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlis Senatining XVI yalpi majlisi o‘z ishini boshladi. Bu haqda “Daryo” muxbiri Sevara Nishonova xabar bermoqda.

Senat yalpi majlisi soat 10:00 da Nig‘matilla Yo‘ldoshev tomonidan ochiq deb e’lon qilindi.

Yalpi majlisda senatorlar tomonidan 21 ta masala, xususan 14 ta qonun loyihasi ko‘rib chiqiladi.

Senatorlar “Davlat bojxona xizmati to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasining Qonunining yangi tahririni, “Xususiy bandlik agentliklari to‘g‘risida”gi qonun, “Fuqarolar yig‘ini raisi (oqsoqoli) saylovi to‘g‘risida”gi qonunlarni ko‘rib chiqadi.

Shuningdek, yalpi majlisda “Davlat xavfsizlik xizmati kunini belgilash to‘g‘risida”gi qonun ham muhokama qilinadi.

Bundan tashqari, majlisda davlat budjeti xarajatlariga o‘zgartirish kiritish, qishloq xo‘jaligida mehnatga oid munosabatlarni tartibga solish hamda mazkur sohadagi norasmiy bandlik masalalari yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri o‘rinbosari – moliya vaziri Jamshid Qo‘chqorovga parlament so‘rovi yuborish masalalari ham muhokama qilinadi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (27-09-2018, 10:57)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 57) ( 0) ( 55) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют