» » Fuqarolarga mikroqarz berish bilan bogliq qonun senatorlar tomonidan maqullandimi?

Fuqarolarga mikroqarz berish bilan bogliq qonun senatorlar tomonidan maqullandimi?


Senat yalpi majlisida Iqtisodiy munosabatlar va tadbirkorlik rivojlantirilishiga qaratilgan Ozbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga ozgartish va qoshimchalar kiritish togrisidagi Ozbekiston Respublikasi qonuni korib chiqildi. Bu haqda OzA xabar berdi.

Qonunda Banklar va bank faoliyati togrisidagi Ozbekiston Respublikasi qonuniga banklar tomonidan mikroqarz berish normasini mustahkamlovchi qoshimcha kiritish nazarda tutilmoqda.

Mikroqarz banklar va mikrokredit tashkilotlari tomonidan jismoniy shaxs bolgan qarz oluvchiga eng kam ish haqining yuz barobari miqdoridan oshmaydigan summada tolovlilik, muddatlilik va qaytarish shartlari asosida 1 yilgacha bolgan muddatga beriladi. Jismoniy shaxslarga beriladigan ushbu mikroqarz, eng avvalo, xalqimiz ehtiyojlarini qondirish, ularni qollab-quvvatlash, fuqarolarning moliyaviy xizmatlardan foydalanishini taminlash va eng asosiysi, aholi farovonligini taminlashga xizmat qiladi.

Qonun senatorlar tomonidan maqullandi.



Manba: Daryo.uz
: admin (27-09-2018, 16:57)
0 (: 0)
. !

!


vote-icon
?

?
( 33) ( 0) ( 31) ( 2)
:
-
:
20 ... -