» » O‘zbekiston delegatsiyasi MDH Tashqi ishlar vazirlari kengashining navbatdagi majlisida ishtirok etdi

O‘zbekiston delegatsiyasi MDH Tashqi ishlar vazirlari kengashining navbatdagi majlisida ishtirok etdi


O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov boshchiligidagi delegatsiya 27-sentabr kuni Dushanbe shahrida bo‘lib o‘tgan Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi Tashqi ishlar vazirlari kengashining navbatdagi majlisida ishtirok etdi. Bu haqda TIV matbuot xizmati xabar bermoqda.

MDH ishtirokchi davlatlari TIV rahbarlari 27—28-sentabr kunlari Tojikiston poytaxtida bo‘ladigan MDH Sammitiga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazishning amaliy jihatlarini muhokama qildi.

Majlisda kun tartibining hamda davlat rahbarlari imzolashi uchun kiritiladigan hujjatlarning loyihalari ko‘rib chiqildi va kelishildi.

Tadbirda xalqaro kun tartibining va MDH formatida hamkorlikning dolzarb masalalari yuzasidan ham fikr almashildi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (27-09-2018, 21:42)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 87) ( 0) ( 86) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют