» » Kosovo maxsus bo‘linmalarining harakatlari sabab Serbiya armiyasi to‘liq jangovar shay holatga keltirildi

Kosovo maxsus bo‘linmalarining harakatlari sabab Serbiya armiyasi to‘liq jangovar shay holatga keltirildi


Serbiya prezidenti Aleksandar Vuchich Kosovo shimolidagi vaziyat munosabati bilan mamlakat armiyasini to‘liq jangovar shaylik holatiga o‘tkazdi. Bu haqda “Kommersant” xabar bermoqda.

Bundan tashqari, Serbiya ichki ishlar vaziri Neboysha Stefanovich ham politsiyaning barcha maxsus bo‘linmalrini ham yuqori jangovar tayyorgarlik holatiga o‘tkazish haqida ko‘rsatma berdi.

Serbiya va Kosovo chegarasidagi vaziyat 29 sentyabr, shanba kuni Kosovo maxsus bo‘linmalarining o‘nlab jangchilari “Gazivode” gidroelektr stansiyasini suv bilan ta’minlovchi ko‘lga yondosh hududga kirib kelganidan so‘ng keskinlashdi.

GESning aksariyat qismi Kosovo hududida joylashgan bo‘lsa-da, u Serbiya energiya tizimining tarkibiy qismi hisoblanadi. Kosovo maxsus bo‘linma jangchilari Kosovo shimolidagi Zubin-Potok shahridagi Ekologiya va sport markazini ham egallagan — bu shaharda asosan serblar istiqomat qiladi.

RTS telekanali ma’lumotlariga ko‘ra, hozircha Serbiya va Kosovo chegarasida hech qanday to‘qnashuvlar yuz bermagan.

Sentyabr oyi boshida Aleksandar Vuchich Kosovo shimoliga tashrif buyurib, mahalliy serblar oldida chiqish qilgandi. Kosovo yetakchisi Hoshim Tachi bilan muzokaralar yo‘qqa chiqqan bo‘lsa-da, Serbiya prezidenti munosabatlarni normallashtirish uchun rasmiy Prishtina bilan muloqotni davom ettirishga tayyorligini bildirgan edi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (29-09-2018, 18:57)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 64) ( 0) ( 63) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют