» » Indoneziyada 3 kun vayronalar ostida yotgan bir necha kishi qutqarib olindi

Indoneziyada 3 kun vayronalar ostida yotgan bir necha kishi qutqarib olindi


Indoneziyada yuz bergan zilzila oqibatlarini bartaraf etish bilan shug‘ullanayotgan favqulodda xizmatlar uch kun davomida vayronalar ostida yotgan bir necha kishini qutqarib oldi. Bu haqda “RIA Novosti” xabar berdi.

Qidiruv-qutqaruv xizmati tomonidan xabar berilishicha, Nurul ismli ayol 1-oktabrga o‘tar kechasi uy vayronalari ostidan chiqarib olingan. Alfrida ismli boshqa bir ayol vayron bo‘lgan restoran ostidan topilgan.

Shuningdek, halokat hududlarida yana bir necha omon qolgan kishi qutqarib olingan.

Magnitudasi 7,7 ga teng bo‘lgan zilzila Indoneziyada 28-sentabr, juma kuni yuz berdi. Yer qimirlashi oqibatida minglab uylar, shuningdek, mehmonxonalar, kasalxonalar va savdo markazlari buzilgan. Yerosti silkinishidan keyin orolga balandligi ikki metrdan olti metrgacha bo‘lgan to‘lqinlar yopirilgan. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, halok bo‘lganlarning soni 1200 kishidan oshgan. Qurbonlar sonining oshishi kutilmoqda. Vayronlarni ochish uchun og‘ir texnika yetishmayapti.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (2-10-2018, 06:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 72) ( 0) ( 71) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют