» » Mirobod tumanida ishdan nohaq bo‘shatilgan maktab direktori lavozimiga tiklandi

Mirobod tumanida ishdan nohaq bo‘shatilgan maktab direktori lavozimiga tiklandi


Toshkent shahri Mirobod tumanida joylashgan 31-sonli umumta’lim maktabi direktori lavozimidan nohaq ishdan bo‘shatilgan Nuriya Semmari lavozimiga tiklandi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi matbuot xizmati xabar bermoqda.

2018-yilning avgust oyi so‘ngida Xalq ta’limi vazirligining “Ustoz ovozi” virtual inspektor tizimining Telegram botiga ushbu maktab bitiruvchilari, hozirda Rossiyada va Janubiy Koreyada istiqomat qiluvchi Guseyn Nadjafov va Oksana Kim murojaat qildi.

Ular o‘z murojaatlarida tajribali, o‘z ishining ustasi va mahoratli pedagog, 31-sonli umumta’lim maktabi direktori Nuriya Semmari egallab turgan lavozimidan nohaq ishdan olingani va Xalq ta’limi vazirligidan ushbu holatni atroflicha o‘rganib chiqishni so‘ragan.

Xalq ta’limi vazirligining Nazorat-huquqiy xizmati xodimlari ushbu murojaatlarni o‘rganib chiqdi va Nuriya Semmari 31-sonli umumta’lim maktabi direktori lavozimidan nohaq bo‘shatilgani aniqlandi.

Shundan so‘ng Nuriya Semmari direktorlik faoliyati davomida samarali ishlagani va yuqori natijalarga erishganini inobatga olgan holda vazifasiga qaytarildi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (3-10-2018, 23:12)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 105) ( 0) ( 103) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют