» » Qashqadaryoda pora olgan mansabdor shaxslar komissiya yig‘ilishida muhokama qilindi

Qashqadaryoda pora olgan mansabdor shaxslar komissiya yig‘ilishida muhokama qilindi


2018-yil 7-sentabr kuni huquqni muhofaza qiluvchi idoralar tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida Muborak tumani hokimining yordamchisi A.M., tuman moliya bo‘limi mudiri S.Q. 21 million so‘mni pora sifatida olayotgan vaqtda, shu yil 19-avgust kuni Qarshi shahar qurilish bo‘limi boshlig‘i vazifasini vaqtincha bajaruvchi S.Yu. va Qarshi shahar iqtisodiyot va hududlarni kompleks rivojlantirish bo‘limi bosh mutaxassisi N.Q 4300 AQSh dollarini pora tariqasida olayotgan vaqtda, 2018-yil 5-sentabr kuni viloyat o‘rta maxsus kasb-hunar ta’limi boshqarmasi bo‘lim boshlig‘i Sh.J. va Muborak sanoat kasb hunar kolleji direktori o‘rinbosari R.A 800 AQSh dollarini qabul qilib olayotgan vaqtlarida qo‘lga olingan. Bu haqda “Qashqadaryo” gazetasining Facebook’dagi sahifasida ma’lum qilindi.

Masalaning ushbu jihatlari viloyat hokimligida Odob-axloq komissiyasi yig‘ilishida atroflicha muhokama qilindi.

Viloyat huquqni muhofaza qiluvchi idoralar mas’ul xodimlari, shuningdek, davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari, shahar, tuman sudyalari orqali ushbu tizim quyi bo‘g‘inlari vakillari qatnashgan yig‘ilishni viloyat hokimi, komissiya raisi Zafar Ro‘ziyev boshqarib bordi.

O‘ziga yuklatilgan vazifalarni lozim darajada bajarmagani, xususan, hokimlik apparati, korxona, tashkilot va muassasalarning faoliyatini nazorat qilishni susaytirib yuborganliklari sababli Muborak tumani hokimi G‘.Javliyev, Qarshi shahar hokimi J.Fozilov, viloyat moliya boshqarmasi boshlig‘i A.Shukurov, viloyat iqtisodiyot va hududlarni kompleks rivojlantirish bosh boshqarmasi boshlig‘i I.Amanov, viloyat qurilish bosh boshqarmasi boshlig‘i O.Xudaynazarov va viloyat o‘rta maxsus, kasb hunar ta’limi boshqarmasi boshlig‘i K.Yangiboyevga ogohlantirish berildi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (4-10-2018, 13:12)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 71) ( 0) ( 70) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют