» » Krishtianu Ronaldusiz Portugaliyaning Polsha hamda Shotlandiyaga qarshi o‘yinlar uchun tarkibi e’lon qilindi

Krishtianu Ronaldusiz Portugaliyaning Polsha hamda Shotlandiyaga qarshi o‘yinlar uchun tarkibi e’lon qilindi


FIFA kunlari doirasida Portugaliya terma jamoasi 11-oktabr kuni Polsha (Millatlar Ligasi), 14-oktabrda esa Shotlandiya (o‘rtoqlik uchrashuvi) terma jamoasiga qarshi maydonga tushadi.

Fernandu Santush boshchiligidagi Portugaliya terma jamoasi murabbiylar shtabi milliy jamoaga chaqirilgan futbolchilar ro‘yxatini e’lon qildi. Undan avval xabar berilganidek?, amerikalik ayolni zo‘rlashda ayblanayotgan Krishtianu Ronaldu o‘rin olmagan. Ronaldu terma jamoaning 2018-yilda bo‘ladigan o‘yinlarida qatnashmasligi ma’lum bo‘lib ulgurdi.

Darvozabonlar: Ruy Patrisiu (“Vulverhempton”), Klaudiu Ramush (“Tondela”), Betu (“Go‘ztepe”);

Himoyachilar: Sedrik Soaresh (“Sautgempton”), Joau Konselu (“Yuventus”), Luish Netu (“Zenit”), Pedro Mendesh (“Monpelye”), Pepe (“Beshiktosh”), Ruben Dias (“Benfika”), Kevin Rodriges (“Real Sosyedad”);

Yarim himoyachilar: Brunu Fernandesh (“Sporting”), Danilu Pereyra (“Portu”), Jedson Fernandesh, Pissi (ikkalasi – “Benfika”), Renatu Sanshesh (“Bavariya”), Ruben Nevesh (“Vulverhempton”), Serjiu Oliveyra (“Portu”), Vilyam Karvalyu (“Betis”), Bernardu Silva (“Manchester Siti”);

Hujumchilar: Bruma (“RB Leypsig”), Gonsalu Guedesh (“Valensiya”), Elder Koshta (“Vulverhempton”), Andre Silva (“Sevilya”), Antonio Eder (“Lokomotiv”).



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (5-10-2018, 12:27)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 94) ( 0) ( 93) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют