» » O‘zbekiston va Qozog‘iston tranzit tashuvlarini rivojlantirish uchun qulay tarif shart-sharoitlarini yaratadi

O‘zbekiston va Qozog‘iston tranzit tashuvlarini rivojlantirish uchun qulay tarif shart-sharoitlarini yaratadi


“O‘zbekiston temir yo‘llari” aksionerlik jamiyati va “Qozog‘iston temir yo‘llari” aksionerlik jamiyati Qozog‘iston Respublikasi hududiga olib kiriladigan yuklar haqidagi ma’lumotlarni elektron almashish haqida kelishuv imzoladi. Hujjat 22-fevralda Toshkentda O‘zbekiston Respublikasi va Qozog‘iston Respublikasi o‘rtasidagi ikki yoqlama hamkorlik bo‘yicha Hukumatlararo komissiyaning 16-yig‘ilishi doirasida imzolandi. Bu haqda UzDaily xabar berdi.

Muzokaralar davomida ikki mamlakat temir yo‘l kompaniyalari vakillari sohadagi hamkorlikning istiqboldagi rivoji masalalarini muhokama qildi.

2016-yilda O‘zbekiston va Qozog‘iston o‘rtasidagi temir yo‘l transportida yuk tashuvlar bo‘yicha ijobiy natija qayd etildi. Yuk tashuvlar hajmi 19 million tonnani tashkil qildi.

Qozog‘iston tomonidan eksport qilinadigan don va un mahsulotlari, 45 futli sovutgichli konteynerlarda tashiladigan yuklar, Qo‘zog‘iston hududi orqali olib o‘tiladigan O‘zbekistonning meva-sabzovot va boshqa qishloq xo‘jaligi mahsulotlari tranziti tariflariga chegirmalar joriy etish bo‘yicha kelishuvga erishildi.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (23-02-2017, 16:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 99) ( 0) ( 98) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют