» » 2018-yilning 3-choragida 4,5 mlrd so‘m kamomad va 12,1 mlrd so‘m noqonuniy xarajatlar aniqlandi

2018-yilning 3-choragida 4,5 mlrd so‘m kamomad va 12,1 mlrd so‘m noqonuniy xarajatlar aniqlandi


O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Davlat moliyaviy nazorati bosh boshqarmasi va uning hududiy boshqarmalari tomonidan 2018-yilning 3-choragida budjet tashkilotlarida o‘tkazilgan nazorat tadbirlari natijalari to‘g‘risida ma’lumotni e’lon qildi. Bu haqda Moliya vazirligi matbuot xizmati xabar bermoqda, deb yozadi “Xalq so‘zi”.

Davlat moliyaviy nazorati bosh boshqarmasi va uning hududiy boshqarmalari tomonidan 2018-yilning 3-choragida Hukumat va huquqni muhofaza qiluvchi organlarning topshiriqlari hamda jismoniy shaxslarning murojaatlari asosida budjet tashkilotlarida jami 1 334 ta davlat moliyaviy nazorati tadbiri o‘tkazilgan.

O‘tkazilgan nazorat tadbirlaridan 1 111 tasida moliyaviy intizomga rioya qilinmay sarflangan mablag‘lar 16,6 milliard so‘mni, shundan kamomad va o‘zlashtirishlar 4,5 milliard so‘mni, noqonuniy xarajatlar 12,1 milliard so‘mni tashkil etdi.

Nazorat tadbirlarini o‘tkazish jarayonida va uning natijalari yuzasidan berilgan ko‘rsatmalarga asosan aniqlangan 11,2 milliard so‘m miqdoridagi noto‘g‘ri sarflangan mablag‘lar belgilangan tartibda tiklanishi ta’minlandi hamda 710 ta nazorat tadbiri hujjatlari huquqiy baho berish uchun huquqni muhofaza qilish organlariga yuborildi.

Shuningdek, hisobot davrida budjet intizomini buzgan budjet tashkilotlarining 20 nafar rahbar va mansabdor shaxsi 13,9 million so‘m miqdorida ma’muriy javobgarlikka tortildi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (8-10-2018, 18:42)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 61) ( 0) ( 59) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют