» » Farg‘onada xonadonidan 8 kg giyohvandlik moddasi topilgan fuqaroga jazo tayinlandi

Farg‘onada xonadonidan 8 kg giyohvandlik moddasi topilgan fuqaroga jazo tayinlandi


1976-yilda O‘zbekiston tumanida tug‘ilgan G‘. F. o‘z xonadoni tomorqasida ko‘knor o‘simligini o‘tgan yilning sentabr oyidan boshlab parvarishlab kelgan. Pishib yetilgan ko‘knor boshoqlarini qog‘oz qutida saqlab, keyinchalik iste’mol qilish maqsadida yashirib qo‘ygan. Bu haqda “Daryo” muxbiri Azizjon Ermatov xabar bermoqda.

Nazorat tadbiri chog‘ida G‘. F.ning xonadonida ko‘knor o‘simligi borligi aniqlangan. Shuningdek, xonadondagi shkafdan 8953 gramm “ko‘knor” giyohvandlik vositasi topilgan.

Mazkur jinoyat ishi sudda tergov natijalari va daliliy ashyolar bilan o‘z isbotini topdi. Jinoyat ishlari bo‘yicha Qo‘qon shahar sudi tomonidan G‘. F.ga 3 yil muddatga ozodlikni cheklash jazosi tayinlandi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (9-10-2018, 09:27)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 71) ( 0) ( 71) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют