» » Chinozda telefon o‘g‘rilari qo‘lga olindi

Chinozda telefon o‘g‘rilari qo‘lga olindi


Toshkent viloyati Chinoz tumanida yashovchi A.S. mast holatda birovga tegishli telefonni o‘g‘irlab ketdi, deb xabar beradi viloyat IIB matbuot xizmati.

“1989-yilda tug‘ilgan A.S. 10-sentabr kuni soat taxminan 20:30 larda spirtli ichimlik iste’mol qilib, mast holatda Chinoz tumani markazida joylashgan ‘Ibrat’ to‘yxonasiga kelib, 1958-yilda tug‘ilgan M.I.ga tegishli Samsung rusumli narxi 500 ming so‘mlik qo‘l telefonini tanishiga qo‘ng‘iroq qilib olishni iltimos qilib olib, ushbu telefonni qaytarib bermasdan voqea joyidan ketib qolgan”, — deyiladi xabarda.

Shuningdek, Chinoz shahrida joylashgan “Sher” to‘yxonasi yonida, 1951-yilda tug‘ilgan M.N.ni Artеl rusumli narxi 250 ming so‘mlik qo‘l telefonini turmush o‘rtog‘iga telefon qilib olishini aytib, so‘rab olib noma’lum tomonga qochib ketgan.

Ushbu jinoyatni sodir etganligi uchun A.S. Jinoyat Kodeksining tegishli moddasiga ko‘ra, javobgarlikka tortildi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (11-10-2018, 17:57)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 83) ( 0) ( 82) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют