» » Sergelida qarzdor fuqarodan 3 farzandi uchun 175 mln so‘m aliment oldindan undirib berildi

Sergelida qarzdor fuqarodan 3 farzandi uchun 175 mln so‘m aliment oldindan undirib berildi


Toshkentning Sergeli tumanida Majburiy ijro byurosi fuqarodan 3 farzandi uchun 175 million so‘m aliment pulini undirib berdi. Bu haqda Majburiy ijro byurosining Sergeli tuman bo‘limi “Daryo”ga ma’lum qildi.

“Majburiy ijro byurosining Sergeli tuman bo‘limi ish yurituvida bo‘lgan fuqarolik ishlari bo‘yicha Yakkasaroy tumanlararo sudining 2015-yil 29-dekabrdagi 1-5026/15-sonli aliment undirish bo‘yicha ijro hujjatiga asosan, qarzdor A.Yunusovdan sobiq turmush o‘rtog‘i, undiruvchi G.G‘aniyevaga voyaga yetmagan 3 nafar farzandlari uchun voyaga yetguncha bo‘lgan miqdor — 175 million so‘m aliment pullari oldindan undirilib berildi”, — deyiladi xabarda.

Aliment pullari evaziga G.G‘aniyeva farzandlari uchun uy olib yashamoqda.

Avvalroq Majburiy ijro byurosi Mirobod tuman bo‘limi qarzdor fuqarodan 204 million so‘m aliment pulini undirib bergan edi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (12-10-2018, 08:57)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 72) ( 0) ( 71) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют