» » Sirdaryoda IIB xodimiga 500 dollar pora berishga uringan fuqaro qo‘lga olindi

Sirdaryoda IIB xodimiga 500 dollar pora berishga uringan fuqaro qo‘lga olindi


Sirdaryo viloyati Ichki ishlar boshqarmasi xodimlari tomonidan mansabdor shaxslarga pora berish holatlari aniqlanmoqda, deb xabar beradi viloyat IIB matbuot xizmati.

Fuqaro N.T. 2018-yil 12-oktabr kuni Yangiyer shahar A.Jomiy MFY hududida joylashgan ‘O‘zbekiston Temir yo‘llari’ AJga qarashli temir beton konstruksiyalari zavodi hududidagi inshootlarni buzdirib, qora metall parchalarini hech qanday hujjatlarsiz noqonuniy ravishda olib chiqib ketayotgan vaqtida Sirdaryo viloyat IIB xodimlari tomonidan aniqlanib, hujjatlar rasmiylashtirganligi holati yuzasidan qonuniy chora ko‘rmaslik va ijobiy hal qilib berish evaziga 500 AQSh dollarini pora sifatida taklif qilgan”, — deyiladi xabarda.

Holat yuzasidan 12-oktabr kuni VIIB O‘XB va huquq tartibot xodimlari bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tadbir davomida, N.T. viloyat IIB xodimi O.A.ga 500 AQSh dollarini xizmat xonasida pora tariqasida bergan vaqtida daliliy ashyolar bilan ushlangan.

Hozirda ushbu holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari davom ettirilmoqda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (15-10-2018, 16:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 79) ( 0) ( 78) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют