» » Kattaqo‘rg‘on tumani hokimiyati binosining tom qismi odamlar ustiga uchib tushdi. Bir kishi halok bo‘ldi

Kattaqo‘rg‘on tumani hokimiyati binosining tom qismi odamlar ustiga uchib tushdi. Bir kishi halok bo‘ldi


15-oktabr kuni soat 12:00 atrofida Samarqand viloyati Kattaqo‘rg‘on tumani hududida kuzatilgan kuchli shamol natijasida tuman hokimiyati binosining tom qismi pastga qulab tushdi. Bu haqda “Kun.uz” xabar bermoqda.

“Kun.uz” manbasi ma’lumotiga ko‘ra, hodisa oqibatida hokimiyat hovlisida bo‘lgan kishilardan biri halok bo‘lgan. U tumandagi “Tarnov” mahallasi, Tarnov qishlog‘ida yashovchi, 1958-yilda tug‘ilgan Mardon Qodirov edi.

Shuningdek, “Burgansoy” mahallasi Mavlon qishlog‘ida yashovchi, 1988-yilda tug‘ilgan fuqaro Shahobiddin Fayziyev tan jarohati olib, tuman tibbiyot birlashmasiga yotqizilgan.

Voqea joyiga viloyat FVB, IIB, IIB YOXB rahbarlari, shuningdek qutqaruv tuzilmalari yetib borib, jabrlanuvchilarga yordam ko‘rsatgan.

Ayni vaqtda tuman hokimiyati tom qismi to‘liq tozalanib, hodisa oqibatlari bartaraf etilgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (16-10-2018, 21:31)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 21) ( 0) ( 19) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют