» » Farg‘onadagi savdo komplekslarida budjetdan yashirilgan mablag‘lar qayta undirildi

Farg‘onadagi savdo komplekslarida budjetdan yashirilgan mablag‘lar qayta undirildi


Davlat budjeti daromadlarini oshirish, qo‘shimcha manba zahiralarini aniqlash maqsadida Farg‘ona viloyati davlat soliq idoralari xodimlari tomonidan doimiy ravishda xronometraj tadbirlari olib borilyapti, deb xabar beradi viloyat soliq boshqarmasi matbuot xizmati.

Binobarin, savdo va xizmat ko‘rsatish sohasiga oid qonun hujjatlari ijrosi va savdo komplekslarida ijara to‘lovlarini to‘liq budjetga o‘tkazilishi yuzasidan 2018-yilning sentabr oyida Farg‘ona viloyati davlat soliq boshqarmasi xodimlari tomonidan Qo‘qon shahridagi “Qo‘qon savdo kompleksi”, “Istiqlol savdo kompleksi”, “Buyuk ipak yo‘li savdo kompleksi” va Farg‘ona shahridagi “Excellent trade plus” kabi mas’uliyati cheklangan jamiyatlarda xronometraj tadbirlari o‘tkazildi.

Unga ko‘ra, jamiyatlar hududidagi savdo obyektlarida faoliyat yuritayotgan tadbirkorlik subyektlaridan 2018-yilning o‘tgan 8 oyi davomida savdo kompleksi ma’muriyati tomonidan ijara to‘lovi uchun jami 599,6 million so‘m mablag‘ undirilgan bo‘lsada, ushbu summa hisobotlarda to‘laligicha aks etmagan hamda ma’lum bir qismi boshqa maqsadga ishlatib yuborilgan, natijada mahalliy budjetga 280,4 million so‘m to‘lanmagan.

Xususan, “Qo‘qon savdo kompleksi” MChJda 103 ta savdo obyektlarida faoliyat yuritib kelgan jismoniy shaxslardan savdo kompleksi ma’muriyati yanvar-avgust oylari davomida ijara to‘lovi uchun jami 149,3 million so‘m undirib, ushbu mablag‘larni boshqa maqsadga ishlatib kelganligi natijasida mahalliy budjetga 72,0 milion so‘m to‘lamaganligi aniqlangan.

Qo‘qon shahrida joylashgan “Buyuk ipak yo‘li savdo kompleksi” MChJda 86 ta savdo obyektida faoliyat yuritib kelgan jismoniy shaxslardan 2018-yilning dastlabki 8 oyi uchun jami 154,9 million so‘m undirilgan bo‘lsada, 74,7 million so‘m miqdoridagi mablag‘ hisobotlarda yashirilganligi hamda mahalliy budjetga to‘lanmaganligi aniqlangan.

Shuningdek, o‘tkazilgan xronometraj natijalariga ko‘ra, “Istiqlol savdo kompleksi” MChJda 52,4 million so‘m, “Muzaffar savdo kompleksi” MChJda 66,9 million so‘m hamda Farg‘ona shahridagi “Excellent trade plus” MChJda 14,4 million so‘m miqdoridagi mablag‘ hisobotlarda to‘laligicha ko‘rsatilmagan hamda budjetga to‘lanmagan.

Yuqoridagi holatlar yuzasidan soliq idoralari tomonidan bozor va savdo komplekslariga talabnomalar yuborildi hamda budjetdan yashirilgan mablag‘lar qayta undirildi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (17-10-2018, 17:31)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 64) ( 0) ( 64) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют