» » Namanganda 50 ming dollar evaziga 6,5 gektar yer uchun hokim qarorini va’da qilgan firibgar qo‘lga tushdi

Namanganda 50 ming dollar evaziga 6,5 gektar yer uchun hokim qarorini va’da qilgan firibgar qo‘lga tushdi


Shu yilning 11-oktabr kuni Namangan viloyati Ichki ishlar boshqarmasiga N.O. ariza bilan murojaat qilib, o‘z arizasida 2018-yil 10-oktabr kuni molxona qurish uchun yer maydoni ajratish yuzasidan Mingbuloq tumani hokimligiga borganida, u yerda bo‘lgan X.M. fermer xo‘jaligi rahbari bo‘lmasa-da, o‘zini tumandagi “Shuhrat Abdulqosimovich” nomli fermer xo‘jaligi rahbari deb tanishtirganligini ma’lum qilgan. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi IIV Jinoyat qidiruv bosh boshqarmasi Korrupsiya va iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish boshqarmasi xabariga asoslanib, O‘zA ma’lum qildi.

X.M. fuqaro N.O.ning ishonchiga kirib, unga o‘zining fermer xo‘jaligiga tegishli bo‘lgan 6,5 gektar yer maydoniga molxona qurish uchun tuman hokimi qarorini chiqartirib berishini aytib, evaziga 50 ming AQSh dollari berishini so‘ragan.

Mazkur arizaga asosan, shu kuni Namangan viloyati IIB hamda Namangan viloyati prokuraturasi xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbir natijasida Mingbuloq tumanidagi “Shuhrat Abdulqosimovich” fermer xo‘jaligi ish yurituvchisi bo‘lib ishlovchi X.M. Namangan shahrining Go‘zal dahasida ariza muallifi N.O.dan talab qilingan pullardan 10 ming AQSh dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Ushbu holat yuzasidan Namangan viloyati prokuraturasi tomonidan X.M.ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 168-moddasi 3-qismi, 28-moddasi va 211-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, ehtiyot chorasi tariqasida qamoqqa olingan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (17-10-2018, 22:46)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 77) ( 0) ( 76) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют