» » O‘zbekiston va Rossiya umumiy qiymati 27,1 mlrd dollarga teng 785 ta shartnoma imzoladi

O‘zbekiston va Rossiya umumiy qiymati 27,1 mlrd dollarga teng 785 ta shartnoma imzoladi


“O‘zbekiston va Rossiya o‘rtasidagi mintaqaviy hamkorlik I Forumi” yakunlariga ko‘ra, umumiy qiymati 27,1 mlrd dollarga teng 785 ta shartnoma imzolandi. Bu haqda Turon 24 xabar berdi.

Forum doirasida birjalar kommunikatsiya almashinuvi, mintaqaviy hamkorlik, sanoat aloqalari va moliyaviy-bank sohalari bo‘yicha shartnoma imzolandi.

Moliya-bank sohasida umumiy qiymati 864,6 mln dollariga teng 6 ta bitim imzolandi. Xususan, O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy bankiga Rossiyaning “Sberbank”i qiymati 200 mln dollariga teng kredit liniyasini ajratadi. “O‘zsanoatqurilishbank” ATB va “Gazprombank” AJK o‘rtasida 3,5 mlrd rublga teng (50 mln dollar) hamkorlik shartnomasi imzolandi.

Shuningdek, savdo bo‘yicha qiymati 1,76 mlrd dollariga teng 600 ta shartnoma imzolandi. Investitsiya bo‘yicha esa umumiy qiymati 25,3 mlrd  dollariga teng 185 ta kelishuv imzolandi.

Investitsiyalarning asosiy qismi 2028-yilga qurib bitirilishi rejalashtirilgan AESga to‘g‘ri keladi.

Ma’lumot uchun: O‘zbekistonda 79 ta O‘zbekiston-Rossiya qo‘shma korxonasi, 23 ta yangi savdo uylari va 20 ta ulgurji savdo markazlari barpo etiladi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (19-10-2018, 13:01)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 83) ( 0) ( 81) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют