» » Tashqi ishlar vazirining sobiq o‘rinbosari Rustam To‘xtaboyev 61 yoshida vafot etdi

Tashqi ishlar vazirining sobiq o‘rinbosari Rustam To‘xtaboyev 61 yoshida vafot etdi


Tashqi ishlar vazirining sobiq o‘rinbosari Rustam To‘xtaboyev 20-oktabr kuni 61 yoshida vafot etdi. Bu haqda vazirlik matbuot xizmati ma’lum qildi.

Rustam To‘xtaboyev 1958-yil 5-avgust kuni Toshkentda tug‘ilgandi. 1980-yilda Toshkent davlat universitetini tamomlagan.

1980—1986-yillarda Toshkent davlat universitetida o‘qituvchi, 1986—1996-yillarda Xorijdagi vatandoshlar bilan do‘stlik va madaniy aloqalar jamiyati xodimi, 1996—1997-yillarda Prezident devonining davlatlararo munosabatlar masalalari bo‘yicha bosh maslahatchisi, 1997—2000-yillarda Prezident huzuridagi Milliy xavfsizlik kengashi kotibi o‘rinbosari, 2000—2005-yillarda Tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari — TIV Axborot-tahlil boshqarmasi boshlig‘i bo‘lib ishlagan.

2005-yildan 2015-yilga qadar Tashqi ishlar vazirining o‘rinbosari — Tashqi siyosiy faoliyat tahlili va strategiyasi bosh boshqarmasi boshlig‘i bo‘lgan.

Rustam To‘xtaboyev 2004-yilda “Do‘stlik” ordeni bilan taqdirlangan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (20-10-2018, 13:31)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 93) ( 0) ( 92) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют