» » O‘zbekistonda haydovchilar malakasini oshirish bilan bog‘liq qonun loyihasining kuchga kirishi uch oyga kechiktirildi

O‘zbekistonda haydovchilar malakasini oshirish bilan bog‘liq qonun loyihasining kuchga kirishi uch oyga kechiktirildi


Parlament quyi palatasining Sanoat, qurilish va savdo masalalari qo‘mitasi deputatlari tomonidan muhokama kiritilgan hamda birinchi o‘qishda qabul qilingan “O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 135-moddasiga qo‘shimcha kiritish to‘g‘risida”gi qonuni loyihasi ikkinchi o‘qishga tayyorlanmoqda.

Prezidentning 2017-yil 11-iyuldagi “Yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlash tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorida belgilangan talablarning ijrosi yuzasidan Qonunchilik palatasi Sanoat, qurilish va savdo masalalari qo‘mitasi a’zolari tomonidan joylarda o‘tkazilgan tahlillar mamlakatda har kuni o‘rtacha 6 nafar fuqaro yo‘l-transport hodisasi natijasida hayotdan ko‘z yumishini ko‘rsatdi.

Qonun loyihasining maqsadi yo‘l harakati, fuqarolarning hayoti va sog‘lig‘i xavfsizligini ta’minlash, yo‘l-transport hodisalarining oldini olish chora-tadbirlarini kuchaytirish, shuningdek, yuridik shaxslarga qarashli avtotransport vositalarini boshqaruvchi haydovchilarning malakasini oshirish tartibini takomillashtirish avtomobil yo‘llarida huquqbuzarliklarning oldini olishga hamda yo‘l transport hodisalari va jabrlanuvchilar sonining kamayishiga erishishdan iborat.

Qo‘mita a’zolari tomonidan mazkur yo‘nalishdagi xorijiy tajriba ham chuqur tahlil qilindi. Xususan, Rossiya, Yevropa Ittifoqi mamlakatlari va boshqa davlatlarda o‘lim bilan bog‘liq yo‘l-transport hodisalarini kamaytirishga erishishda avtotransport vositalari haydovchilarining davriy ravishda haydovchilik mahoratini oshirib borish tartibi joriy etilgani hamda unga rioya etmagan huquqbuzarlarga nisbatan ma’muriy jazo choralari mavjudligi muhim rol o‘ynagan.

Jumladan, Rossiyada avtotransport vositalari haydovchilarining malakasini oshirish bo‘yicha qonunchilik talablarining bajarilmagani uchun jismoniy va mansabdor shaxslarga nisbatan mos ravishda 20 ming va 100 ming rubl ma’muriy jazo, Yevropa Ittifoqiga a’zo davlatlarda esa joriy etilgan Kod 95 talablarini bajarmaganlik uchun har bir a’zo davlat ichki qonunchiligiga binoan, 200 yevrodan 1500 yevroga qadar ma’muriy jazo belgilangan.

Yuqorida nomi tilga olingan qonun loyihasi bilan haydovchilar malakasini oshirishdan o‘tgani to‘g‘risidagi sertifikatning mavjud emasligi, qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollarda, belgilangan tartibda ma’muriy javobgarlikka tortishga sabab bo‘lishi belgilanmoqda.

Qo‘mita a’zolari tomonidan mutaxassislar, ekspertlar ishtirokida o‘tgan muhokamada qonun loyihasini yanada takomillashtirish, aholiga qulayliklar yaratish maqsadida bir qator takliflar ilgari surildi.

Xususan, haydovchilar malakasini oshirishdan o‘tganlik to‘g‘risidagi sertifikati yonida bo‘lmagan haydovchilarning transport vositalarini boshqarishi natijasida vujudga kelgan huquqbuzarlikning amaliy ishlab-chiqarish jarayonlariga ta’sirini yengillatish maqsadida Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 135-moddasiga kiritilayotgan qo‘shimcha bo‘yicha sodir bo‘lgan huquqbuzarlikka nisbatan ushbu kodeksning 291-moddasida keltirilgan tartib bo‘yicha transport vositalarini majburiy ravishda jazo maydonchalarida ushlab turish bo‘yicha qo‘llaniladigan, ya’ni transport vositasini ma’muriy maydonchada ushlab turish jazo chorasining mustasnoligini belgilab qo‘yilmoqda.

Shuningdek, yuridik shaxslarga tegishli barcha transport vositalari haydovchilarining malakasini to‘liq oshirishi va ularning tegishli sertifikatlar olishi uchun qo‘shimcha vaqt berish maqsadida taklif etilayotgan qonun loyihasining kuchga kirish muddatini 3 oyga kechiktirish tavsiya etildi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (20-10-2018, 16:16)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 52) ( 0) ( 52) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют