» » Adliya vazirligi va Maktabgacha ta’lim vazirligi bolalar bog‘chalaridagi korrupsiyaga qarshi birga kurashadi

Adliya vazirligi va Maktabgacha ta’lim vazirligi bolalar bog‘chalaridagi korrupsiyaga qarshi birga kurashadi


Bog‘chalar faoliyatida huquq ustuvorligini ta’minlash, korrupsiyaviy omillarni oldini olish maqsadida Adliya va Maktabgacha ta’lim vazirliklari qo‘shma ko‘rsatmani imzoladi. Bu haqda Adliya vazirligi matbuot xizmati ma’lum qildi.

Endi bog‘chalarda yuzaga kelayotgan korrupsiyaviy va qonunni buzish omillarni oldini olish va bu borada mas’ul xodimlarning shaxsiy mas’uliyatini oshirish bo‘yicha bog‘chalarda o‘rganishlar o‘tkazish uchun Adliya va Maktabgacha ta’lim vazirliklari hamda ularning quyi tizimlarida hamkorlikda ishchi guruhlar tuziladi.

O‘rganishlarda maktabgacha ta’lim muassasasiga joylashtirilgan bolalar sonining muassasa qamroviga nisbatan holati, ularda ovqatlanishni tashkil etish hamda sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena normativlariga muvofiqligi, bog‘cha xodimlarining mehnat intizomiga rioya qilish holati singari jihatlarga alohida e’tibor beriladi.

Ishchi guruhlar bog‘chalarni o‘rganish jarayonida tegishli hujjatlarni talab qilish, aniqlangan holat yuzasidan mas’ul xodimlarini chaqirtirish, ulardan tushuntirishlar olish, zarur hollarda mutaxassislar jalb qilish, ular bilan birgalikda tekshirish o‘tkazish, o‘rganish natijalari bo‘yicha aybdor xodimlarga chora ko‘rish bo‘yicha takliflar ishlab chiqish kabi vazifalarini bajaradi.

Bundan tashqari, ishchi guruhlari tomonidan Davlat xizmatlari markazlari orqali bog‘chalarga yo‘llanmalarni berish jarayonini o‘rganish maqsadida muntazam ravishda “sirli mijoz” tadbirlari o‘tkazib boriladi.

Shuningdek, Adliya vazirligining markaziy apparati xodimlari tomonidan faqatgina Maktabgacha ta’lim vazirligi rahbariyatini ogohlantirgan holda bog‘chalarda reydlar o‘tkazilishi mumkin.

Ushbu hujjat maktabgacha ta’lim tizimida qonun ustuvorligini ta’minlash, sohada yuzaga kelayotgan muammolarni hal etish hamda aniqlanayotgan korrupsiyaviy holatlarni oldini olishga xizmat qiladi.

Vazirliklar ota-onalarni bog‘chalarda yuz berayotgan noqonuniy faoliyat yuzasidan xabar berishga chaqirtirib, MTM faoliyatini o‘rganish natijasida aniqlangan qonunbuzilish holatlari OAV orqali muntazam yoritib borilishiga ishontirgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (20-10-2018, 18:01)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 106) ( 0) ( 104) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют