» » O‘zbekistonda Davlat-xususiy sheriklikni rivojlantirish agentligi tashkil etiladi

O‘zbekistonda Davlat-xususiy sheriklikni rivojlantirish agentligi tashkil etiladi


O‘zbekistonda Davlat-xususiy sheriklikni rivojlantirish agentligi tashkil etiladi. Bu O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining joriy yil 20-oktabrdagi “Davlat-xususiy sheriklikni rivojlantirishning huquqiy va institutsional bazasini yaratish bo‘yicha birinchi navbatdagi chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarorida keltirilgan, deb yozadi O‘zA.

Unga ko‘ra, O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi va Savdo-sanoat palatasining taklifiga binoan, O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzurida Davlat-xususiy sheriklikni rivojlantirish agentligi tashkil etiladi. Qarorga ko‘ra, Agentlikning asosiy vazifalari:

– iqtisodiyot va ijtimoiy sohaning ustuvor yo‘nalishlarida davlat-xususiy sheriklikni rivojlantirish bo‘yicha tarmoq dasturlarini ishlab chiqishda ishtirok etish;

– davlat-xususiy sheriklik loyihalarining samaradorligi va afzalliklarini baholash uslubini ishlab chiqish, ushbu loyihalarni tayyorlash va amalga oshirishni uslubiy jihatdan qo‘llab-quvvatlash;

– davlat-xususiy sheriklik sohasidagi loyihalarni amalga oshirishda idoralararo muvofiqlashtirishni ta’minlash, shuningdek, loyihalar to‘g‘risidagi axborotni ochiq holda joylashtirish va ularning reyestrini yuritish;

– davlat-xususiy sheriklikni rivojlantirish dasturlarini amalga oshirish, shu jumladan, muayyan loyihalar konsepsiyalarini ishlab chiqishda vazirlik va idoralarga ko‘maklashish;

– davlat-xususiy sheriklikni rivojlantirish masalalarida investorlar, xalqaro moliya va donor tashkilotlari, ilmiy va ekspert hamjamiyatlari, shuningdek, bozorning boshqa ishtirokchilari bilan hamkorlikni tashkil etish;

– davlat-xususiy sheriklik loyihalari ishtirokchilarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilishga har tomonlama ko‘maklashish, loyihalarni moliyalashtirish mexanizmlari, shu jumladan, yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan tavakkalchiliklarni aniqlash va taqsimlash yuzasidan ularning takliflarini ko‘rib chiqish;

– davlat-xususiy sheriklik loyihalarini, shu jumladan, loyihalarga jalb qilingan budjet tizimi mablag‘laridan foydalanilishini, shuningdek, tegishli tarmoqlardagi xalqaro tajribani inobatga olgan holda loyihalarni tayyorlash va amalga oshirish amaliyotini monitoring qilishdan iborat.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (22-10-2018, 20:45)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 26) ( 0) ( 24) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют