» » O‘zbekiston Qirg‘izistondan 17 mln dollarlik elektr energiyasini import qildi

O‘zbekiston Qirg‘izistondan 17 mln dollarlik elektr energiyasini import qildi


O‘zbekiston 17 million dollar evaziga Qirg‘izistondan salkam 400 million kilovatt-soat elektr energiyasini import qildi. Bu haqda Qirg‘iziston Sanoat, energetika va qazilma boyliklardan foydalanish davlat qo‘mitasi raisi o‘rinbosari Aytmamat Qadirbayevning bayonotiga asoslanib, UzDaily xabar bermoqda.

Uning qayd etishicha, O‘zbekiston Qirg‘izistondan 2 sent bahosida 399 million kilovatt-soat elektr energiyasi sotib olgan.

Hozirgacha 17 million dollarlik elektr energiya eksport qilingan. O‘tgan yili Qirg‘iziston 754 million kilovatt-soat elektr energiya eksport qilishni rejalashtirgan edi, lekin amalda ko‘proq — 765 million kilovatt-soat elektr energiya eksport qilingan.

“2018-yilning bahorgi va yozgi davrida O‘zbekistonga 467 million kilovatt-soat elektr energiya eksport qilindi. Bizning hisob-kitoblarimiz bo‘yicha 500 million kilovatt-soat eksport qilish rejalashtirilgan edi, biroq 467 million kilovatt-soatga yetganidan so‘ng, eksport to‘xtatildi”, — dedi Qadirbayev.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (23-10-2018, 10:00)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 36) ( 0) ( 34) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют