» » Farg‘onada ilk yoshlar innovatsiya markazi ochiladi

Farg‘onada ilk yoshlar innovatsiya markazi ochiladi


Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 17-oktabrdagi “O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi huzurida Yoshlar innovatsiya markazini tashkil etish to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq, Farg‘onada O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi huzuridagi “Yoshlar innovatsiya markazi” davlat unitar korxonasi ish boshlaydi, deb xabar beradi O‘zA.

Yangi markaz 477 kvadrat.metr maydonli Qirguli qurilish-sanoat kasb-hunar kolleji binosida joylashadi. Markaz faoliyati Farg‘ona vodiysidagi oliy ta’lim va ilmiy-tadqiqot muassasalari o‘qituvchilari, yosh olimlarning intellektual va ijodiy salohiyatini ro‘yobga chiqarish uchun sharoitlar yaratishga qaratilgan. U yerda eng yorqin ilmiy va innovatsiya loyihalarini yaratish va amaliyotga tatbiq etish uchun zamonaviy ilmiy va laboratoriya uskunalari bilan jihozlangan texnologik va ishlab chiqarish maydonchalari qad rostlaydi.

Markaz vazifalariga, shuningdek, oliy o‘quv yurtlari, ilmiy muassasa va kompaniyalar o‘rtasidagi munosabatlarni muvofiqlashtirish, ishlanmalarni tijoratlashtirish orqali iqtisodiyotning turli tarmoqlaridagi muammolarni hal etishda yoshlar va olimlarni jalb qilish kiradi. Jumladan, iqtisodiyot tarmoqlaridagi ilmiy-texnik muammolarni hal etishda ilmiy va laboratoriya tadqiqotlari o‘tkazish, sanoat buyumlarining tajribaviy namunalari, prototiplarini yaratish va ularning natijalarini ishlab chiqarishga joriy etish orqali yosh olimlar va tadbirkorlarni jalb qilish ishlari ham amalga oshiriladi. Markazda endi ish boshlagan tadbirkorlar uchun talab yuqori bo‘lgan xizmatlar paketi taqdim etiladi. Bu yerda o‘z loyihalarini amalga oshirish istagida bo‘lgan har qanday fuqarolar uchun maslahat va yordam ko‘rsatiladigan kovorking-markaz va akselerator faoliyat yuritadi. Shuningdek, mahorat darslari va boshqa tadbirlar o‘tkaziladi.

Bularning barchasi Innovatsion rivojlanish va novatorlik g‘oyalarini qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi hamda shartnoma asosida markaz tomonidan bajarilgan ishlardan tushadigan mablag‘lar hisobidan moliyalashtiriladi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (23-10-2018, 21:45)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 79) ( 0) ( 76) ( 3)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют