» » Uilbur Ross: AQSh O‘zbekistonning Jahon savdo tashkilotiga a’zo bo‘lishi jarayonida ko‘mak berishga tayyor

Uilbur Ross: AQSh O‘zbekistonning Jahon savdo tashkilotiga a’zo bo‘lishi jarayonida ko‘mak berishga tayyor


Prezident Shavkat Mirziyoyev tomonidan qabul qilingan AQSh savdo vaziri Uilbur Ross O‘zbekiston bilan AQSh o‘rtasidagi hamkorlikning bugungi holati va istiqbollari haqida o‘z fikr-mulohazalarini bildirdi. Bu haqda O‘zA xabar bermoqda.

?????»?±???? ? ??????: ?????? ???·?±?µ???????????????° ?°???°?»???° ???????????»?°???????°?? ?????»?????????»?°?????? ?????»?»?°?±-?????????°???»?°?????° ???°??????

— O‘zbekiston bilan AQSh o‘rtasidagi hamkorlik strategik sheriklik xarakteriga ega. Mamlakatlarning savdo-iqtisodiy munosabatlari yuqori sur’atda rivojlanmoqda. O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning joriy yil may oyida AQShga rasmiy tashrifi chog‘ida ikki davlat rahbarlari erishgan kelishuvlar bunda muhim o‘rin tutmoqda.

Ushbu tashrif mamlakatlar iqtisodiy hamkorligida yangi istiqbollar ochdi. Xususan, Toshkentda ilk bor Markaziy Osiyo savdo forumi o‘tkazildi.

Prezident Shavkat Mirziyoyev bilan muzokaramizda O‘zbekistonda olib borilayotgan jadal islohotlar, ularni to‘liq ro‘yobga chiqarish borasida hamkorlik, geologiya-qidiruv ishlarini olib borish, shuningdek, tashqi siyosatning ustuvor yo‘nalishlari va ikki mamlakat qarashlaridagi boshqa mushtarak jihatlar haqida suhbatlashdik.

Qayd etishni istardimki, AQSh prezidenti Donald Tramp O‘zbekistonda barcha sohada amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlaydi. Jumladan, AQSh O‘zbekistonning Jahon savdo tashkilotiga a’zo bo‘lishi jarayonida ko‘mak berishga tayyor. Qolaversa, 2019-yilda O‘zbekistonga AQSh savdo vazirligining savdo missiyasini jo‘natishni rejalashtirganmiz.

O‘zbekiston nafaqat tadbirkorlik uchun, balki sayyohlikni yo‘lga qo‘yish borasida ham ulkan imkoniyatlarga ega ekan. O‘ylaymanki, bu kabi sohalardagi hamkorligimiz ham yanada mustahkamlanadi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (24-10-2018, 09:00)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 56) ( 0) ( 54) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют