» » Toshkentda qurgoqchilik haqida oldindan ogohlantirish tizimini takomillashtirish mavzusida seminar bolib otdi

Toshkentda qurgoqchilik haqida oldindan ogohlantirish tizimini takomillashtirish mavzusida seminar bolib otdi


2018-yilning 23-oktabr kuni Poytaxt biznes markazida BMTTD/AF va Favqulodda vaziyatlar vazirligi huzuridagi Gidrometeorologiya xizmatining Ozbekistonning qurgoqchil hududlarida joylashgan fermer va dehqon xojaliklarining iqlimiy barqarorligini taminlash qoshma loyihasi doirasida tashkil etilgan Qurgoqchilik haqida oldindan ogohlantirish tizimini takomillashtirish: imkoniyatlar va amalda qollashning istiqbollari mavzusida seminar bolib otdi. Bu haqda Birlashgan Millatlar Tashkiloti Taraqqiyot dasturi Daryoga malum qildi.

Songgi ikki yil mobaynida Ozbekiston bir necha ekstremal qurgoqchilikni boshidan kechirdi, natijada hosilning 50 dan 70 foizgachasi yoqotildi. 20002001-yillardagi ogir qurgoqchilik davrida galla mahsulotini ishlab chiqarish 14 foizga, boshqa ekinlar hosili esa 4575 foizgacha pasaydi. Yetkazilgan zarar taxminan 130 million AQSh dollari miqdorida baholangan. Iqlim ozgarishlarini ssenariysini bashoratiga kora, Ozbekistonda qurgoqchilikni qaytarilish tezligi va uning jadalligi surati bundan buyon ham oshib boraveradi.

2017-yilda loyihaning faoliyati davomida ilgari axborotni qolda yigish sharoitida ishlagan Qoraqalpogistonning barcha meteorologik tarmoqlari avtomatlashtirildi. Seminar tashkilotchilarining qayd etishicha, bu oldindan ogohlantirish tizimlarini takomillashtirish va ekstremal gidrometeorologik holatlar oqibatlariga tayyorgarlikni taminlash imkonini berdi.

Qurgoqchilik haqida oldindan ogohlantirish tizimi Ozbekistonning suvni tabiiy oqimini shakllanish hududi bolgan tog daryolarining yuqori qismi, hamda turli ehtiyojlar, avvalambor, qishloq xojaligi yerlarini sugorish uchun suvdan qizgin foydalanadigan mintaqa bolmish Amudaryoning quyi qismida suv resurslarining mavjud hajmini bashoratlash imkonini beradi. Amudaryoning quyi qismidagi suvning oz-kopligi miqdorini bashoratlash turli muddatlarda yanvar, fevral va may oylarida amalga oshiriladi.

Qurgoqchilik haqida oldindan ogohlantirish tizimini roli shundan iboratki, avvalambor, suv taqchilligi va qurgoqchilik yuzaga kelishi mumkinligi haqida Qoraqalpogistonning nafaqat mutasaddi vazirlik va idoralarini, balki qishloq uy xojaligi va fermerlar kabi istemolchilarga ham suvning oz-kopligi borasidagi uzoq muddatli bashoratlarni yetkazishdan iboratdir. Buning uchun mahalliy hamjamiyatlar vakillarini ommaviy axborot vositalari, Qoraqalpogistonda tashkil etilgan maslahat-axborot markazlari vaFVVhuzuridagi Gidrometeorologiya xizmatining qurgoqchilikni monitoring qilish markazi orqali Amudaryoning quyi qismida suvning oz-kopligi miqdori borasidagi bashoratlardan xabardor bolish imkoniyatlarini kengaytirish zarur, dedi oz taqdimotidaFVV huzuridagi Gidrometeorologiya xizmati huzuridagi gidrometeorologiya ilmiy-tadqiqot institutining ilmiy xodimi Aleksandr Pak.

Seminar ishtirokchilari orasida soha vazirliklari, idoralari, Nodavlat notijorat tashkilotlari, talim muassasalari, hamda Ozbekiston Ekologik harakati, Sirdaryo havzasi suv xojaligi tashkiloti, Fermerlar, dehqon xojaliklari va tomorqa yer egalari kengashi vakillari va boshqalar bor.

Ozbekistondagi Birlashgan Millatlar Tashkiloti Taraqqiyot dasturi qurgoqchilik xatariga eng kop duchor bolgan hudud Qoraqalpogistonning fermer xojaliklari barqarorligini taminlashga komak berib kelmoqda. LoyihaFVVhuzuridagi Gidrometeorologiya xizmati bilan hamkorlikda amalga oshirilmoqda va iqlim ozgarishi haqidagi BMTning doiraviy konvensiyasi Adaptatsion fondi tomonidan moliyalashtirilmoqda.



Manba: Daryo.uz
: admin (24-10-2018, 12:00)
0 (: 0)
. !

!


vote-icon
?

?
( 19) ( 0) ( 18) ( 1)
:
-
:
:
20 ... -