» » Tojikiston o‘zbek gazini kelishilganidan arzon narxda import qilmoqda

Tojikiston o‘zbek gazini kelishilganidan arzon narxda import qilmoqda


Tojikiston 2018-yilning 1-oktabriga qadar O‘zbekistondan 10 million kub metr tabiiy gaz import qildi. Bu haqda Tojikiston iqtisodiy rivojlanish va savdo vazirligining oylik hisobotiga asoslanib, “Aziya-plyus” xabar bermoqda.

Hisobotda qayd etilishicha, O‘zbekistondan import qilingan tabiiy gazning umumiy qiymati salkam 1 million dollarni tashkil etgan.

2018-yil mart oyida ikki mamlakat gaz taqsimot kompaniyalari o‘rtasida imzolangan shartnomaga muvofiq, O‘zbekiston har ming kub metr gazni Tojikistonga 120 dollardan sotishi kerak edi. Amalda Tojikistonga har kub metr gaz 100 dollardan yetkazib berilgan.

O‘zbekiston ko‘p yillik tanaffusdan so‘ng 2018-yil aprelidan boshlab Tojikistonga gaz yetkazib berishni boshlagan edi. Mart oyidagi kelishuvga muvofiq, O‘zbekiston 2018-yilda Tojikistonga 15,1 million dollar evaziga 126 million kub metr tabiiy gaz yetkazib berishi ko‘zda tutilgan edi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (26-10-2018, 10:00)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 28) ( 0) ( 26) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют