» » “Arsenal” va Unai Emeri rekord o‘rnatdi

“Arsenal” va Unai Emeri rekord o‘rnatdi


Kecha, 25-oktabr sanasida “Arsenal” Yevropa Ligasi 3-turida safarda “Sporting”dan (0:1) ustun keldi.

Shu tariqa Unai Emeri shogirdlarining mavsum avvalidagi 2 ta (“Manchester Siti” 0:2 hisobida, “Chelsi”ga esa 2:3) mag‘lubiyatdan so‘ng boshlangan g‘alabali uchrashuvlari seriyasi 11 ta o‘yinga yetdi. Bu jamoaning so‘nggi 11 yillik tarixidagi eng yaxshi natijasidir. 2007-yilda “kanonirlar” 12 ta o‘yinda ketma-ket g‘alaba qozongan.

Shuningdek, London klubi bosh murabbiyi Unai Emerining Yevropa Ligasidagi so‘nggi beshta o‘yindagi beshinchi g‘alabasiga erishdi. Emeri qo‘l ostidagi jamoalar bilan Yevropa Ligasida 34 ta o‘yinda g‘alaba qozongan. Bu esa musobaqa tarixidagi rekord natija sanaladi.

Ma’lumot uchun, Emeri “Sevilya” bilan Yevropa Ligasi musobaqasida ketma-ket 3 marta g‘olib chiqqan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (26-10-2018, 10:45)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 21) ( 0) ( 19) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют