» » Prezident Shavkat Mirziyoyev “Amilov” qandolat mahsulotlari ishlab chiqarish fabrikasiga bordi

Prezident Shavkat Mirziyoyev “Amilov” qandolat mahsulotlari ishlab chiqarish fabrikasiga bordi


Bugun, 26-oktabr kuni Prezident Shavkat Mirziyoyev Yunusobod tumaniga tashrifi chog‘ida “Amilov” qandolat mahsulotlari ishlab chiqarish fabrikasini borib ko‘rdi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati ma’lum qildi.

Umumiy qiymati 62 million dollar bo‘lgan ushbu korxona Toshkentdagi sobiq “Lak-bo‘yoq” zavodi o‘rnida tashkil qilingan. Zavod binosi rekonstruksiya qilinib, joriy yil 5-oktabrda ishga tushirilgan. Germaniya, Shveysariya, Italiya, Avstriya, Niderlandiya kabi davlatlardan zamonaviy texnologiyalar keltirib o‘rnatilgan. Qariyb 830 kishi doimiy ish bilan ta’minlangan.

Korxona yiliga 50 ming tonnaga yaqin qandolat mahsulotlari ishlab chiqarish quvvatiga ega. Bugungi kunda bu yerda shokolad, konfet, pechenye, vafli kabi 60 turdagi mahsulot ishlab chiqarilmoqda.

Bunday shirinliklar shu paytgacha O‘zbekistonga asosan import qilinardi. “Amilov” fabrikasida tayyorlanayotgan qandolat mahsulotlari chet elnikiga nisbatan arzon va sifatli bo‘lgani bois ichki bozorni tez egalladi. Natijada bunday mahsulotlar importini qirq foiz qisqartirishga erishildi. Qolaqersa, korxona yiliga 10 million dollarlik eksport qilishni rejalashtirgan.

Shavkat Mirziyoyev fabrikaning ishlab chiqarish quvvatini kengaytirish, bunday korxonalarni ko‘paytirib, raqobatni rivojlantirish, import bo‘layotgan boshqa mahsulotlarni ham mahalliylashtirish bo‘yicha topshiriqlar berdi.

Avvalroq Prezidentning Yunusobod tumaniga tashrifi chog‘ida hududdagi zamonaviy ishbilarmonlik markazi loyihasi bilan tanishgani haqida xabar berilgandi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (26-10-2018, 18:15)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 60) ( 0) ( 58) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют