» » Samarqandda sud raislari 2018-yilning o‘tgan oyida qilingan ishlar bo‘yicha hisobot berdi

Samarqandda sud raislari 2018-yilning o‘tgan oyida qilingan ishlar bo‘yicha hisobot berdi


Jinoyat ishlari bo‘yicha Samarqand viloyati sudi raisi O.Hayitovning qayd etishicha, jinoyat ishlari bo‘yicha viloyat, tuman, shahar sudlari tomonidan hisobot davrida 4084 nafar shaxsga nisbatan 3256 ta jinoyat ishi ko‘rib, tamomlangan. Tamomlangan ishlar soni o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 828 ta, shaxslar soni esa 2243 nafarga kamaygan. Jinoyat ishlarining 1544 tasi sayyor sud majlislarida ko‘rilgan. 755 ta jinoyat ishi taraflar yarashgani munosabati bilan tugatilib, 840 nafar shaxs jinoiy javobgarlikdan ozod qilingan. Viloyat sudining birinchi bosqichida 1 ta jinoyat ishi bo‘yicha 5 nafar shaxsga nisbatan oqlov hukmi chiqarilgan bo‘lsa, barcha instansiyalarida 31 nafar shaxs oqlangan. Bu haqida Samarqand viloyati matbuot uyida sudlar faoliyatidan jamoatchilik va ommaviy axborot vositalarini xabardor qilish maqsadida brifingda ma’lum qilindi, deya xabar bermoqda “Danyo” muxbiri Farhod Norbo‘tayev.

Fuqarolik ishlari bo‘yicha Samarqand viloyat sudi raisi o‘rinbosari B.Norovning ta’kidlashicha, o‘tgan oy davomida 18 ming 840 ta fuqarolik ishi ko‘rilgan. Bu raqam o‘tgan yilning shu davri bilan qiyoslaganda, 3990 taga kamaygan. Ko‘rilgan ishlarning 16 ming 879 tasi yuzasidan hal qiluv qarori chiqarilib, 14 ming 249 ta da’vo qanoatlantirilgan, 2630 tasi esa rad etilgan. Nikohdan ajratish bilan bog‘liq ishlar bo‘yicha chiqarilgan hal qiluv qarorlari o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 368 taga ko‘payib, 4441 tani tashkil etgan. Lekin da’vo qanoatlantirilgan qarorlar 2421 ta bo‘lib, avvalgi yilga qiyoslaganda 156 taga kamaygan, 234 oila yarashtirilgan.

– Yilning to‘qqiz oyida ko‘rib tamomlangan 22 ming 940 ta ma’muriy ish bo‘yicha 26 ming 109 nafar shaxsga nisbatan ma’muriy jazo qo‘llash haqida qaror chiqarilgan, – dedi Samarqand viloyati ma’muriy sudi raisi B.Diyorov. – Jumladan, 18 ming 34 nafar shaxsga nisbatan jarima jazosi, 5ming 125 kishiga muayyan huquqdan mahrum qilish, 2 ming 581 shaxsga nisbatan ma’muriy qamoq jazosi qo‘llanilgan. Transport vositalarini mast holda boshqarishga oid 5379 ma’muriy ish bo‘yicha 5479 nafar shaxs javobgarlikka tortildi. Shuningdek, transport vositalarining belgilangan harakat tezligini oshirgani uchun 1055 nafar haydovchi jarima to‘lashga majbur bo‘ldi. Umuman, hisobot davrida viloyatdagi ma’muriy sudlar tomonidan ko‘rilgan ishlar bo‘yicha 11 milliard 815 million so‘mdan ortiq jarima jazosi tayinlanib, 9 milliard 637 million so‘mning ixtiyoriy to‘lanishiga erishilgan.

Samarqand viloyati iqtisodiy sudiga joriy yilning to‘qqiz oyi davomida viloyat va tumanlararo, tuman (shahar) iqtisodiy sudlariga 35 ming 356 ta da’vo arizasi kelib tushgan. Bu o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 7744 taga ko‘p, demakdir. Viloyat iqtisodiy sudi raisi M.Bozorovning ta’kidlashicha, ko‘rib chiqilgan 26 ming 649 ta iqtisodiy ishlar bo‘yicha da’vogarlar foydasiga 411 milliard 443 million so‘m undirish haqida sud qarorlari qabul qilingan.

O‘tgan davrda eng ko‘p iqtisodiy ishlar Pastdarg‘om tumani iqtisodiy sudi (5525 ta), Kattaqo‘rg‘on (4642 ta), Payariq (4253 ta), Jomboy (3673), Tayloq (3563) tumanlararo iqtisodiy sudlari tomonidan ko‘rib, hal etilgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (26-10-2018, 22:30)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 71) ( 0) ( 70) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют