» » Yevroparlament deputatlari O‘zbekistonga tashrif buyuradi

Yevroparlament deputatlari O‘zbekistonga tashrif buyuradi


O‘zbekistonga 29-oktabr kuni Yevropa parlamentining Markaziy Osiyo mamlakatlari va Mo‘g‘uliston bilan hamkorlik bo‘yicha delegatsiyasi raisi Iveta Grigule-Peterse boshchiligidagi deputatlar guruhi keladi, deya xabar bermoqda O‘zA.

Tashrif dasturiga binoan, Yevroparlament deputatlari Toshkent shahrida “O‘zbekiston—Yevropa Ittifoqi” parlament hamkorlik qo‘mitasining 14-majlisida ishtirok etadi.

Shuningdek, O‘zbekistonning Tashqi ishlar, Iqtisodiyot, Bandlik va mehnat munosabatlari, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirliklarida, Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi va Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari bo‘yicha qo‘mitada uchrashuv va muzokaralar o‘tkazish rejalashtirilgan.

“Mazkur uchrashuv va muzokaralarda ikki tomonlama hamkorlikni yanada rivojlantirish masalalarini muhokama qilinishi kutilmoqda”, — deyiladi xabarda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (27-10-2018, 18:45)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 80) ( 0) ( 79) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют