» » Marg‘ilonlik Abduvohid qori Farg‘onaning eng ma’rifatli imomi deb topildi

Marg‘ilonlik Abduvohid qori Farg‘onaning eng ma’rifatli imomi deb topildi


“Eng ma’rifatli imom” ko‘rik-tanlovining Farg‘ona viloyat bosqichida Marg‘ilon shahridagi “Xudoyor hoji” masjidi imom-xatibi Abduvohid Ahmadaliyev g‘oliblikni qo‘lga kiritdi. Bu haqda “Daryo” muxbiri Azizjon Ermatov xabar berdi.

Quvasoy shahridagi “Islom” jome masjidida O‘zbekiston musulmonlar idorasi tomonidan eng iqtidorli, faol imom-xatiblarni aniqlash va qo‘llab-quvvatlash maqsadida o‘tkazilayotgan ko‘rik-tanlovning viloyat bosqichi bo‘lib o‘tdi.

Hakamlar hay’ati qaroriga ko‘ra, Farg‘ona tumanidagi “Huvaydo” jome masjidi imom-xatibi Davronbek Usmonov ikkinchi, Toshloq tumanidagi “Abu Hanifa” jome masjidi imom-noibi Abdujabbor Madrahimov, Uchko‘prik tumanidagi “Shoh Muqaddam” masjidi imom-xatibi Jaloliddin Mamatqulov, Dang‘ara tumanidagi “Muhammad sayid xo‘ja” masjidi imom-xatibi Sherzod Ahmedovlar uchinchi o‘ringa loyiq topildi.

Shuningdek tanlov davomida O‘zbekiston musulmonlari idorasi viloyat vakilligi tomonidan ta’sis etilgan “Eng obod masjid”, “Eng xushovoz muazzin”, “Eng boy kutubxona” kabi o‘ndan ortiq yo‘nalish bo‘yicha ham g‘oliblar aniqlandi va vakillikning diplom, tashakkurnomalari hamda esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.

Har yili O‘zbekiston musulmonlari idorasi tasarrufidagi masjidlar imom-xatib va imom-noiblari o‘rtasida an’anaviy tarzda “Yil imomi” ko‘rik-tanlovi o‘tkazilar edi. Joriy yildan mazkur tanlov “Eng ma’rifatli imom” nomi ostida yangi nizom asosida bo‘lib o‘tmoqda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (28-10-2018, 12:30)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 46) ( 0) ( 46) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют