» » Buxoroda bog‘cha tarbiyachisi o‘g‘rilikka qo‘l urdi

Buxoroda bog‘cha tarbiyachisi o‘g‘rilikka qo‘l urdi


24-oktabr kuni Jondor tumani Tinchlik MFYda yashovchi, 1940-yilda tug‘ilgan fuqaro G.Boymurodova tuman IIBga ariza bilan murojaat qildi, deb xabar beradi Buxoro viloyati IIB matbuot xizmati.

Fuqaro o‘z murojaatida shu kuni soat 12:30 larda noma’lum shaxs uning yashash uyiga kirish eshigi orqali g‘ayriqonuniy ravishda kirib, divan burchagidagi yostiq ostida bo‘lgan 570 000 so‘m naqd pulini yashirin ravishda o‘g‘irlab ketganligini bildirgan.

Olib borilgan tezkor surishtiruv ishlari natijasida ushbu jinoyatni Jondor tumani Paxtakor MFYda yashovchi, 1998-yilda tug‘ilgan, tumandagi maktabgacha ta’lim muassasalaridan birida tarbiyachi bo‘lib ishlovchi, Gulshoda Shoahmedova (ismi sharifi o‘zgartirilgan) sodir qilganligi aniqlanib, unga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi JKning 169-moddasi (o‘g‘rilik) 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (29-10-2018, 11:45)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 55) ( 0) ( 53) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют