» » G‘allaorolik ikki nafar fuqaro aliment qarzini to‘lamaganligi sababli 15 sutka ma’muriy qamoq jazosi tayinlandi

G‘allaorolik ikki nafar fuqaro aliment qarzini to‘lamaganligi sababli 15 sutka ma’muriy qamoq jazosi tayinlandi


Fuqarolik ishlari bo‘yicha G‘allaorol tumanlararo sudining 2017-yil 21-avgust kungi ijro varaqasiga ko‘ra, qarzdor Mardonovdan undiruvchi Mardonova foydasiga 2 nafar voyaga yetmagan farzandining moddiy ta’minoti uchun oylik ish haqi va boshqa daromdalarining 1/3 qismi miqdorida aliment to‘lashi lozim. Lekin, Mardonov shu kunga qadar jami 4 million 571 ming so‘m aliment pulini to‘lamasdan, voyaga yetmagan farzandini moddiy ta’minlashdan bo‘yin tovlagan, deb xabar beradi Majburiy ijro byurosi G‘allaorol tuman bo‘limi matbuot xizmati.

Shuningdek, fuqarolik ishlari bo‘yicha G‘allaorol tumanlararo sudining 2016-yil 8-aprel kungi ijro varaqasiga ko‘ra, qarzdor Qudratovdan undiruvchi Boymanova foydasiga 1 nafar voyaga yetmagan farzandining moddiy ta’minoti uchun oylik ish haqi va boshqa daromadalarining 1/4 qismi miqdorida aliment to‘lashi lozim. Biroq, Qudratovning bugungi kunda alimentdan bo‘lgan qarzdorligi jami 7 million 773 ming so‘m tashkil etgan.

Majburiy ijro byurosi G‘allaorol tuman bo‘limi davlat ijrochilari tomonidan bir necha bor ogohlantirilgan ushbu qarzdor fuqarolar aliment to‘lovidan qochib yurdi.

Shunga asosan, Majburiy ijro byurosi G‘allaorol tuman bo‘limi davlat ijrochisi tomonidan fuqarolar Shavkat Mardonov va Sherzod Qudratovga nisbatan ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirilib, qarzdorlarga nisbatan ma’muriy qamoq jazosini qo‘llash yuzasidan to‘plangan hujjatlarni ko‘rib chiqish uchun G‘allaorol tuman Ma’muriy sudiga yuborildi va ushbu hujjat ishi sayyor sud tarzida ko‘rib chiqildi.

Mazkur sudning 2018-yil 23-oktabrdagi qaroriga ko‘ra, qarzdorlarga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi MJtK 474-moddasining 1-qismida nazarda tutilgan huquqbuzarlikni sodir etgan deb topildi va shu modda bilan 15 sutka ma’muriy qamoq jazosi tayinlandi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (30-10-2018, 17:15)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 67) ( 0) ( 66) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют