» » Jismoniy shaxslarga 5 ming dollardan ko‘p bo‘lmagan tovarlarni bojxona deklaratsiyasi taqdim etmay O‘zbekistondan olib chiqishga ruxsat etiladi

Jismoniy shaxslarga 5 ming dollardan ko‘p bo‘lmagan tovarlarni bojxona deklaratsiyasi taqdim etmay O‘zbekistondan olib chiqishga ruxsat etiladi


Jismoniy shaxslarga 5 ming dollardan ko‘p bo‘lmagan tovarlarni bojxona deklaratsiyasi taqdim etmay O‘zbekistondan olib chiqishga ruxsat etiladi. Bu Prezident Shavkat Mirziyoyev tomonidan imzolangan “Tovar bozorlarida savdoni yanada erkinlashtirish va raqobatni rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmonda ko‘zda tutilgan.

Hujjatga muvofiq, xalqaro to‘lov tizimi orqali to‘langan holda butunjahon Internet tarmog‘i orqali bitta invoys bo‘yicha 5 ming AQSH dollarigacha tovar (xizmat)larni eksport qilishda xaridor bilan yozma shartnoma tuzish talab etilmaydi;

2019-yil 1 yanvardan boshlab tovar-xomashyo birjasi a’zolarining daromadlariga qimmatli qog‘ozlar bozorida brokerlik faoliyatini amalga oshiruvchi yuridik shaxslar uchun belgilangan soliqqa tortish shartlari tatbiq etiladi;

Jismoniy shaxslarga umumiy qiymati 5 ming AQSH dollaridan ko‘p bo‘lmagan tovarlarni bojxona deklaratsiyasi taqdim etmasdan O‘zbekiston Respublikasidan olib chiqishga ruxsat etiladi.

Iqtisodiyot vazirligi huzurida 38 nafar shtat birligidan iborat Tarmoq bozorlari va eksportga yo‘naltirilgan ishlab chiqarish tadqiqotlari markazi davlat muassasasi shaklida tashkil etiladi. Uning asosiy vazifalari etib quyidagilar belgilandi:

Respublikada ishlab chiqariladigan va import qilinadigan mahsulotlar (tovarlar va xizmatlar) nomenklaturasi va turlari to‘g‘risida xo‘jalik yurituvchi subyektlarga axborot berish uchun muntazam yangilanib boriladigan elektron-axborot portalini yaratish;

Ichki ishlab chiqarish quvvatlari, tovarlarga bo‘lgan talab va taklifning hajmlari, shuningdek, ishlab chiqariladigan va iste’mol qilinadigan mahsulotga ichki bozorda narxlarning o‘zgarishi haqidagi ma’lumotlar bazasini shakllantirish;

Tovar bozorlaridagi narxlar, talab va takliflarning o‘zgarishi dinamikasini tahlil va monitoring qilish hamda shu asosida tegishli takliflar tayyorlash;

Tarmoq bozorlar kon’yunkturasini respublika va hududlar kesimida kompleks o‘rganish, ularning muvozanatli rivojlanishi to‘g‘risida takliflar tayyorlash.

“O‘zbekiston respublika tovar-xomashyo birjasi” AJning ustav kapitalidagi davlat ulushi “Toshkent” respublika fond birjasida birlamchi (IPO) va ikkilamchi (SPO) ommaviy takliflar berish orqali sotilishi belgilandi.

Vazirlar Mahkamasi bir oy muddatda MDHga a’zo davlatlarning monopoliyaga qarshi kelishilgan siyosatini amalga oshirish to‘g‘risidagi shartnomani O‘zbekiston tomonidan ratifikatsiya qilish bo‘yicha takliflarni Oliy Majlis Qonunchilik palatasiga kiritadi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (31-10-2018, 09:30)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 76) ( 0) ( 75) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют