» » Farg‘ona shahrida 69 mingdan ortiq xonadon o‘rganilib 8462 muammo aniqlandi

Farg‘ona shahrida 69 mingdan ortiq xonadon o‘rganilib 8462 muammo aniqlandi


Mahallalarda, oilalarda ijtimoiy-ma’naviy muhitni o‘rganish hamda aniqlangan muammolarni bartaraf etishga ko‘maklashish bo‘yicha tashkil etilgan respublika ishchi guruhi Farg‘ona shahri va Furqat tumanida mahallama mahalla, uyma uy yurib, aholini qiynayotgan muammolarni o‘rganib chiqdi, deya xabar berdi O‘zA.

Aniqlangan muammolarning ayrimlari joyida hal etilgan bo‘lsa, ba’zilari chuqur tahlil qilish va umumlashtirish asosida “Yo‘l xaritasi”ga kiritildi.

Farg‘ona shahridagi 70 ta mahalla fuqarolar yig‘inida 69 mingdan ziyod xonadon o‘rganilib, 8 ming 462 muammo aniqlandi. O‘rganishlar jarayonida umumiy murojaatlarning 85,9 foizi joyida bartaraf etilgan.

Viloyat markazida bugungi kunda aholini ishga joylashtirish, tabiiy gaz, elektr energiyasi ta’minoti, sog‘liqni saqlash, uy-joy kabi sohalarda ko‘plab muammolar yig‘ilib qolgan. Shaharda obodonlashtirish bo‘yicha 637 muammo aniqlangan. Ko‘p qavatli uylarning kirish yo‘laklari va tomlarini ta’mirlash, yerto‘lasini tozalash, bolalar maydonchalarini qurish, kam ta’minlangan oilalarga moddiy yordam ko‘rsatish, hududni obodonlashtirish, ishsiz aholi, ayniqsa, yoshlarning bandligini ta’minlash, yo‘llarni ta’mirlash bo‘yicha ishlar ham tizimli tashkil qilinmagan.

“Furqat tumanida olib borilgan o‘rganishlar davomida ham 2 mingdan ziyod muammo aniqlandi. Tadbirkorlik va eksport faoliyatini rivojlantirish, ishsizlikka barham berish, bo‘sh turgan obyektlardan samarali foydalanish, kuz-qish mavsumi tayyorgarligi singari muhim yo‘nalishlarda sustkashlikka yo‘l qo‘yilmoqda”, — deyiladi xabarda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (1-11-2018, 19:15)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 30) ( 0) ( 28) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют