» » Olimlar tabiatning tegilmagan so‘nggi burchagi qachon yo‘q bo‘lishini ma’lum qildi

Olimlar tabiatning tegilmagan so‘nggi burchagi qachon yo‘q bo‘lishini ma’lum qildi


Yaqin o‘n yillikda Rossiya odam faoliyati ta’siri ostiga tushmagan hududlar bo‘lgan dunyodagi besh mamlakatdan biri bo‘lishi mumkin. Bu haqda “RIA Novosti” xabar berdi.

Avstraliyaning Kvinslend universiteti olimi tomonidan ta’kidlanishicha, yovvoyi tabiatning deyarli barcha burchaklari yoki ularning umumiy maydonining 94 foizi ayni paytda 20 ta mamlakatda joylashgan. Shundan 70 foizi beshta davlatga tegishli — Rossiya, Kanada. Avstraliya. AQSh va Braziliya. Yerdagi yovvoyi tabiatning taqdiri ularning harakatlariga bog‘liq.

Universitet olimlari guruhi tabiatning odam tomonidan tegilmagan burchaklari xaritasining yangi talqinini taqdim etgan. Xarita Yovvoyi hayvonlarni saqlash jamiyati tomonidan 1990-yillardan 2016-yilga qadar yangilanmagan edi.

“Yovvoyi tabiat hududlari” odam tomonidan tegilmagan va o‘z bio va ekoxilma-xilligini saqlab qolgan landshaftlar va ekoztizimlar joylashgan yirik hududlar hisoblanadi. U yerda odamlarning mavjud bo‘lmasligi majburiy emas, biroq ularning tabiat hayotiga aralashuv darajasi minimal bo‘lishi kerak.

Yer so‘nggi 25 yil ichida quruqlikdagi yovvoyi tabiat burchaklarining 10 foizini yo‘qotgani hisobga olinsa, kelgusi o‘n yil ichida dunyoning Rossiyadan tashqari barcha mamlakatlarida yovvoyi tabiat hududlari yo‘q bo‘lishi ehtimolga yaqin. Rossiyada esa bu jarayon ko‘proq vaqtni oladi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (2-11-2018, 08:00)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 27) ( 0) ( 25) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют