» » Jizzaxda 9 oy davomida ko‘rsatilgan xizmatlar hajmi 2 trln so‘mdan oshdi

Jizzaxda 9 oy davomida ko‘rsatilgan xizmatlar hajmi 2 trln so‘mdan oshdi


Jizzax viloyatida joriy yil 9 oyida ko‘rsatilgan xizmatlar hajmi 2 trillion 272 million so‘mni tashkil etib, o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 14,4 foizga ortgan. Bu haqda O‘zA xabar bermoqda.

— Mahallamizda “Obod qishloq” dasturi asosida qurilgan zamonaviy uy-joylar, ijtimoiy va ishlab chiqarish binolari qatorida mini-market, non do‘koni, hammom kabi savdo va maishiy xizmat inshootlari ham barpo etildi, — deydi Mirzacho‘l tumanidagi “G‘alaba” fuqarolar yig‘ini raisi Dilbar Qulmatova. — Bu esa aholiga katta qulayliklar yaratdi. Xizmat tarmoqlarida 10 dan ziyod mahalla yoshlari ish bilan ta’minlandi.

Tumanda joriy yilning 9 oyida 50 dan ziyod xizmat ko‘rsatish, servis va ishlab chiqarish obyekti barpo etildi. Shu davrda aholiga jami ko‘rsatilgan xizmatlar hajmi 62,1 milliard so‘mni tashkil etdi. Xizmat ko‘rsatish aholi jon boshiga 591 ming so‘mga yetib, o‘tgan yilning shu davriga qaraganda 8 foizga o‘sdi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (3-11-2018, 00:00)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 91) ( 0) ( 90) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют