» » Jarqo‘rg‘onda mast fuqaro o‘zi kabi shirakayf mahalladoshini pichoqlab qo‘ydi

Jarqo‘rg‘onda mast fuqaro o‘zi kabi shirakayf mahalladoshini pichoqlab qo‘ydi


Surxondaryo viloyatining Jarqo‘rg‘on tumanida pichoq bilan tan jarohati yetkazishga doir jinoyat yuz berdi, deya xabar bermoqda O‘zbekiston IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi.

Xabar berishlaricha, 30-oktabr kuni Jarqo‘rg‘on tumanida yashovchi G‘.N. mast holda mahalla hududida joylashgan savdo do‘koni oldida o‘zaro janjal tufayli o‘zi kabi mast holda bo‘lgan mahalladoshi S.T.ga pichoq bilan jarohat yetkazgan.

“Natijada S.T. kasalxonaga yotqizilgan. G‘.N. qo‘lga olingan. Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda”, — deyiladi IIV axborotida.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (3-11-2018, 23:30)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 57) ( 0) ( 57) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют