» » Buxoroda qarzdorning 10 ta avtotransport xatlandi

Buxoroda qarzdorning 10 ta avtotransport xatlandi


Buxoroda MIB xodimlari tomonidan qarzdorga tegishli 10 ta avtotransport vositasi xatlandi. Bu haqda O‘zA xabar bermoqda.

Aytilishicha, Majburiy ijro byurosining Kogon shahar bo‘limi tomonidan Kogon tumanlararo sudining 25-may kunidagi qarzdor 6-son “Neftgazqurilishta’mir” AJdan Respublika budjeti foydasiga 622,5 million so‘m soliq qarzini undirish to‘g‘risidagi ijro hujjati yuzasidan amalga oshirilgan majburiy ijro harakatlari davomida qarzdorga tegishli bo‘lgan Captiva, MIDIBUS SAZNP21, AVЕO, GBA SNG NEXIA GL va “Gaz 531201AS36” rusumli avtotransport vositalari xatlanib ro‘yxatga olingan.

Ushbu mulk 25-oktabr kuni E-IJRO AUKSION tizimiga elektron onlayn auksion savdolarini tashkil etish uchun joylashtirilgan.

Kelgusida mol-mulk sotuvidan kelib tushgan pul mablag‘lari hisobidan qarzdorning Respublika byudjeti oldidagi qarzdorlikni qoplashga qaratiladi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (4-11-2018, 23:45)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 94) ( 0) ( 92) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют