» » Qashqadaryoda to‘rt qiz is gazidan zaharlandi. Ular sovqotmaslik uchun oshxonada uxlagan

Qashqadaryoda to‘rt qiz is gazidan zaharlandi. Ular sovqotmaslik uchun oshxonada uxlagan


Qashqadaryo viloyati ma’muriy markazi Qarshi shahrida 4-noyabr kuni is gazidan zaharlanish holati yuz berdi. Bu haqda IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi xabar bermoqda.

Qarshi shahrida yashovchi D.X. ismli ayolning uyida ijarada yashovchi to‘rt qiz oshxonadagi gaz plitasini yoqib uxlab qolishi sabab is gazidan zaharlangan.

Xabar berishlaricha, jabrlanuvchilardan ikki nafariga kasalxonada tibbiy yordam ko‘rsatilgan, qolgan ikkisi esa kasalxonaga yotqizilgan.

“Surishtiruv ishlari olib borilmoqda”, — deyiladi IIV axborotida.

Eslatib o‘tamiz, Toshkent shahrida 31-oktabr va 1-noyabr kuni yuz bergan is gazidan zaharlanish holatlari oqibatida jami yetti kishi halok bo‘ldi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (5-11-2018, 16:15)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 70) ( 0) ( 68) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют