» » Majburiy obunaga yo‘l qo‘ygani uchun Bekobod tumani xalq ta’limi bo‘limi mudiri ishdan olindi

Majburiy obunaga yo‘l qo‘ygani uchun Bekobod tumani xalq ta’limi bo‘limi mudiri ishdan olindi


Xalq ta’limi vazirligining Axborot xizmati tarqatgan xabarga ko‘ra, Bekobod tumani xalq ta’limi bo‘limi boshlig‘i Hasan Soibnazarov davriy nashrlarga majburiy obuna to‘g‘risida bergan ko‘rsatmasi uchun o‘z lavozimidan ozod etildi, deb yozadi O‘zA.

Xabarda aytilishicha, joriy yil 1-noyabr kuni bir necha internet nashrlarida tumandagi umumta’lim maktab o‘qituvchilari 2019-yil uchun obunaga majburlanayotganligi haqida maqolalar chop etilgach, Xalq ta’limi vazirligi mutaxassislari ushbu ma’lumotlarni joyiga chiqib o‘rgangan.

Vazirlar Mahkamasining 2002-yil 25-yanvardagi 33-sonli Qarorining 5-bandida qishloqlarda joylashgan umumta’lim maktablarini o‘ntagacha gazeta va jurnallarga mahalliy budjet hisobidan obuna qilish belgilangan.

Ushbu qaror talabidan kelib chiqib, asosan qishloq joylaridagi umumta’lim maktablariga 2019 yil obunasi uchun 10 nomdagi gazeta va jurnallar tavsiya etilgan. Bekobod tumani xalq ta’limi bo‘limiga “Toshkent haqiqati”, “Xalq so‘zi”, “Bekobod ovozi”, “Ma’rifat” gazetalariga obuna bo‘lishlari uchun mahalliy budjet hisobidan mablag‘lar ajratilgan.

Toshkent viloyati xalq ta’limi boshqarmasining Bekobod tumani xalq ta’limi bo‘limi boshlig‘i Hasan Soibnazarov tomonidan o‘zboshimchalik bilan 2018-yil 30-oktabrda imzolangan 01-650/18-sonli xatida tumandagi jami 57 umumta’lim maktablari direktorlariga bir nechta gazeta-jurnallarga obuna bo‘lish vazifasi yuklatilgan.

Ta’kidlash lozimki, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 14-avgustdagi “Yoshlarni ma’naviy-axloqiy va jismoniy barkamol etib tarbiyalash, ularga ta’lim-tarbiya berish tizimini sifat jihatidan yangi bosqichga ko‘tarish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorida xalq ta’limi xodimlarining bosma nashrlarga majburan obuna bo‘lishini tashkil etish taqiqlangan.

Ko‘rilgan choralar natijasida tumandagi umumta’lim maktablarining o‘qituvchilari Bekobod tumani xalq ta’limi bo‘limi boshlig‘i xatida ko‘rsatilgan nashrlarga majburiy obuna bo‘lishmagan.

O‘rganish natijasida Bekobod tumani xalq ta’limi bo‘limi boshlig‘i Hasan Soibnazarov lavozimidan ozod etildi va uning majburiy obuna to‘g‘risidagi ko‘rsatmasi bekor qilindi.

Shu bilan birga majburiy obunaning oldini olish bo‘yicha kerakli choralar ko‘rmaganligi va to‘liq nazoratga olmaganligi uchun Toshkent viloyati xalq ta’limi boshqarmasining boshlig‘i Shukur Burxonovga intizomiy chora ko‘rildi.

Ushbu holat yuzasidan barcha xalq ta’limi hududiy boshqarmalariga yana bir bor majburiy obunaning oldini olish bo‘yicha qat’iy topshiriq berildi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (5-11-2018, 18:15)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 87) ( 0) ( 86) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют