» » “Taxtlar o‘yini” serialidagi eng baland bo‘yli aktyor Nil Finglton 36 yoshida vafot etdi

“Taxtlar o‘yini” serialidagi eng baland bo‘yli aktyor Nil Finglton 36 yoshida vafot etdi


“Taxtlar o‘yini” (Game of Thrones) serialida Mega Baquvvat pahlavon roli bilan mashhur bo‘lgan britaniyalik aktyor Nil Finglton 36 yoshida vafot etdi. Uning o‘limiga yurak yetishmovchiligi sabab bo‘lgani taxmin qilinmoqda. Bu haqda “RIA Novosti” xabar bermoqda.

Nil Finglton serialda suratga tushishdan tashqari basketbol bilan ham shug‘ullangan. 2007-yili aktyor Yevroittifoqdagi eng uzun kishi sifatida qayd etilgan. Uning bo‘yi 2 metr-u 30 santimetrga teng. Shuningdek, u dunyodagi eng baland bo‘yli 25 kishidan biri bo‘lgan.

“Taxtlar o‘yini” – Jorj Martinning “Muz va olov qo‘shig‘i” romanlari asosida olingan Amerika seriali. Serial butun dunyoda shuhrat qozongan. “Taxtlar o‘yini” qatorasiga ikkinchi yil “Emmi” mukofotining bosh sovrinini qo‘lga kiritib kelmoqda.

Mavzuga doir: “Taxtlar o‘yini” seriali orqali tanilgan aktyor Piter Von vafot etdi

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (26-02-2017, 22:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 98) ( 0) ( 97) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют